Hukumatga olti oy içida tegişli qonunçilik çoralarini köriş vazifasi yuklatildi. Davlat rahbari bu haqda xalqqa murojaatida maʼlum qildi, deb xabar berdi 24.kg.

Sadir Japarovning sözlariga köra, uşbu qaror energetik içimliklarni isteʼmol qilişning salomatlikka yetkazişi mumkin bölgan zararlari borasidagi xavotirlar bilan boğliq. Uning taʼkidlaşiça, uşbu masala ham fuqarolar, ham Jogorku Keneş (parlament) aʼzolari tomonidan kötarilgan.

Prezident mamlakatda energetik içimliklar isteʼmoli böyiça maʼlumotlarni keltirib ötdi. 2025-yilda Qirğiziston aholisi 54 199 000 litr energetik içimlik isteʼmol qilgan, bu taxminan 129 million bankaga teng.

2026-yilning birinçi yarmida esa isteʼmol hajmi 36 083 000 litrni yoki taxminan 85,9 million bankani taşkil etdi.

Ötgan yili Qirğiziston Respublikasi hududida 25 263 000 litr şunday içimliklar işlab çiqarilgan. Yana 28 430 000 litr mahsulot Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ga aʼzo davlatlardan, 1 239 000 litri esa boşqa mamlakatlardan import qilingan.

Sadir Japarov, şuningdek, bunday taqiqning iqtisodiy oqibatlari masalasiga ham töxtaldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, davlat budjeti töğridan-töğri va bilvosita soliqlardan tuşadigan daromadlar hisobiga taxminan 1,5 milliard som yöqotişi mumkin.

2025-yilda uşbu sohadan tuşgan soliq va bojxona tuşumlari jami 1 104 100 000 somni, 2026-yilning dastlabki olti oyida esa 996 710 000 somni taşkil etgan.

“Millat, fuqarolar va kelajak avlodlarning salomatligini pul bilan ölçab bölmaydi”, — dedi davlat rahbari. U soğliq bilan boğliq muammolarning oqibatlarini bartaraf etişdan köra, ularning oldini oliş muhimroq ekanini taʼkidladi hamda odamlarni energetik içimliklarni meʼyordan ortiq isteʼmol qiliş xavflari borasida tibbiyot xodimlarining ogohlantirişlariga quloq solişga çaqirdi.