Muhim minerallar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu mintaqamizda yangi sanoat quvvatlari, ish o‘rinlari va texnologik imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.
"Shuningdek, biznes vakillarini ustuvor loyihalarni belgilash va ilgari surishga jalb etish uchun “C5+1” va “B5+1” formatlari o‘rtasida muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etdik.
Ishonchimiz komilki, Samarqanddagi muloqotimiz siyosiy kelishuvlarni aniq investitsiyalar va qo‘shma loyihalarga aylantirishga yangi sur’at bag‘ishlaydi.
O‘zbekiston “C5+1” Kotibiyatiga hamraisligi davomida ushbu yo‘nalishlarda izchil va amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor", dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.