Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F35 klassida yadро uloqtirish finalida ishtirok etgan Husniddin Norbekov 16,04 metr natija qayd etib, birinchi oʻrinni egalladi.

Para suzish boʻyicha erkaklar oʻrtasida S13 klassida 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida Oʻzbekiston vakili Egor Bolotov 52,90 soniya natija bilan marraga birinchi boʻlib yetib keldi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Ayollar oʻrtasida F32 klassida klub uloqtirish finalida ishtirok etgan Mahliyo Akromova 24,08 metr natija bilan birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, u Para Osiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatdi.

Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F37 klassida yadро uloqtirish bahslarida Qudratillo Maʼrufxoʻjaev 16,66 metr natija bilan oltin medalaga sazovor boʻldi. U ham Para Osiyo oʻyinlari rekordini yangiladi.

Ayni paytda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida 5 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza — jami 19 ta medal bor.

Umumjamoa hisobida Oʻzbekiston ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.