Dunyoning 47
ta mamlakatidan jami 300 nafarga yaqin para velosportchilar qatnashgan dunyo
birinchiligida terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etib, yakunda vakillarimiz Marjona
Pardaboeva hamda Pokiza Ahmadbekova tomonidan 3 ta oltin va 1 ta kumush
medallar qo‘lga kiritildi. Bu o‘zbek para velosporti tarixida Jahon
chempionatlarida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Yurtoshlarimiz
bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy
Paralimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi, O‘zbekiston velosiped sporti
federatsiyasi va Toshkent viloyati sport boshqarmasi mutasaddilari, OAV
vakillari hamda yaqinlari tomonidan kutib olindi, deb xabar beradi Paralimpiya
qo‘mitasi matbuot xizmati.