Hodisa xonadonbay örganiş işlari davomida aniqlangan. Içki işlar xodimi şubhali xonadonni tekşiriş jarayonida jinoiy guruh aʼzolari tomonidan unga 1 ming dollar pora taklif qilinganini maʼlum qildi. Biroq xodim taklifni rad etib, holat yuzasidan tegişli çoralar körgan.
«Xolislar iştirokida uyni tekşirganimizda, har bir xonada tört-beş nafardan fuqaro borligi aniqlandi. Ularni jamlaganimizda, jami 23 nafar xorijiy fuqaro bu yerda noqonuniy yaşayotgani maʼlum böldi», — deydi içki işlar xodimi.
Şundan söng Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi hamda Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida xonadondan 80 ta uyali aloqa vositasi, 21 ta noutbuk, 6 ta Wi-Fi routeri va 22 ta pasport aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Şuningdek, guruhning kriptoaktivlar bilan boğliq faoliyati ham aniqlandi. Xususan, uç nafar xorijiy fuqaro belgilangan tartibda litsenziya olmasdan, internet-kriptobirjalari orqali takroran kriptoaktivlar oldi-sotdisini amalga oşirgani maʼlum böldi.
Ularning kriptoaktivlar aylanmasi jami 27 910,21 USDTni, yaʼni taxminan 329,6 million sömni taşkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumanidagi tegişli tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi ikkinçi qismi tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Uşbu tezkor tadbir natijasida firibgarlik sxemalari orqali fuqarolarning mol-mulkini qölga kiritişga qaratilgan yaşirin markaz faoliyatiga çek qöyildi.