Yetmiş yil — bir inson umrining katta qismi, bir neça avlod xotirasi, butun bir davr solnomasidir. Özbekiston televideniyesi ham ana şunday uzoq va sermazmun yölni bosib ötdi. U mamlakatimiz tarixi, madaniyati, maʼnaviyati va ijtimoiy hayotini ekran orqali aks ettirib kelayotgan ulkan ijodiy maktabdir.

Insoniyat azaldan sir-sinoatlar va jumboqlarga qiziqib kelgan. Bu qiziqiş inson tasavvuri va xayolot olamining yanada kengayişiga turtki bergan. Odamzod özi yaşayotgan, köz öngida turgan joydan uzoqdagi narsalar va voqealarni ham köriş, biliş istagida bölgan. Bu orzu-istaklar afsona va ertaklarda, şuningdek, buyuk söz sanʼatkorlari asarlarida ham öz ifodasini topgan.

Masalan, hazrat Alişer Navoiy «Farhod va Şirin» dostonida bu istakni badiiy şaklda aks ettirgan. Asarda xitoylik Farhod arman qizi Şirinning jamolini közguda körib, unga oşiq böladi. Xalqlarning olisdagi voqealarni köriş va bilişga bölgan azaliy orzusi keyinçalik oynai jahon — televizorning yaratilişiga ham turtki bölgan bölsa, ajab emas.

Toşkent — televideniye tarixidagi muhim manzil

Faxr bilan aytiş kerakki, televideniye tarixida Toşkentning alohida örni bor. Bu şunçaki afsona emas. Toşkentning Şayxontohur mavzesidagi Bola masjid köçasi, 74-uyda (hozirgi Navoiy köçasidagi 199-uy, Toşkent televideniyesi markazi yaqinida) yaşagan Yusufxon aka va Hamza opa Mirzamuhamedovlar xonadonida Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) olimlari Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy 1928-yil 26-iyulda harakatlanayotgan tasvirni elektr nurlari yordamida bir joydan ikkinçi joyga uzatiş va qabul qiliş imkonini beruvçi «Telefot» elektr tizimini yaratgan.

Dastlab «Telefot» yordamida Grabovskiyning hamkasbi Ivan Belyanskiyning boşini burişi va lablarini qimirlatişi kabi harakatlari aks etgan tasvir 20 metrdan ortiq masofaga uzatilgan. Biroz vaqt ötgaç, ixtiroçilar Xiva kinoteatri ayvoniga qabul qiluvçi qurilma örnatib, Alekseyevskiy va Leningrad köçalari böylab harakatlanayotgan Toşkent tramvayining tasvirini uzatganlar. Muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan uşbu ixtiro uçun ular 5592 raqamli patent ham olgan.

Manbalarda yozilişiça, ixtiroçilar «Telefot»ni Moskvaga jönatişga qaror qilişadi. Qurilmani ehtiyotkorlik bilan qutiga joylab, vagonga ortişadi. Biroq negadir poyezd Moskva örniga Vladivostokka yöl oladi. Butun Ittifoq böylab sayohat qilib, nihoyat manziliga yetib borganida «Telefot» sinib, şişa va temir uyumiga aylangan edi.

Bunga kim sabab bölgani va nima maqsadda şunday qilingani hozirgaça nomaʼlum. Boris Grabovskiyning sözlariga köra, «buni kimdir özining noyob loyihasi rivojlanişiga yöl qöymaslik uçun ataylab qilgan». Şu tariqa jahon televideniyesi tarixidagi Toşkent ixtirosining keyingi rivoji töxtab qoladi. Ixtiroçilar apparatni tiklaş uçun Moskvaga borişadi, ammo buni uddalay olmaydilar.

Oradan yillar ötib, televideniyening ilk körsatuvlari 1936-yilda Buyuk Britaniya va Germaniyada, 1938-yilda tajriba tariqasida Moskva va Sankt-Peterburgda, 1941-yilda esa AQŞda efirga uzatila boşlagan. Afsuski, ona diyorimiz butun insoniyatga oynai jahonning ilk tajribalaridan birini taqdim etgan bölsa-da, uning imkoniyatlaridan keng foydalaniş ança keyin boşlandi.

1954-yilda Toşkentda telemarkaz qurilişi boşlanib, ikki yilda yakunlandi. Körsatuvlarni tarqatiş uçun 180 metr balandlikdagi Toşkent televizion minorasi ham barpo etildi. 1956-yil 11-aprelda «Toşkent şahrida televideniye studiyasini taşkil etiş töğrisida» qaror qabul qilindi. Şu yilning 5-noyabrida esa ilk televizion körsatuv namoyiş etildi.

Bu xalq hayotidagi unutilmas voqea, çinakam asr möʼjizasi bölgani şubhasiz. Bu haqda 1961–1994-yillarda Özbekiston televideniyesida faoliyat körsatgan jurnalist Anbara Otamurodova «Radio va televideniye — tafakkur gultoji» (2018) kitobida şunday yozadi:

«Hayotimizdagi öşa baxtli kun — 1956-yilning beşinçi noyabr kuni edi. Kursimiz sardori Anvar Karimov (tarix fanlari nomzodi va jurnalist Anvar Karimov nazarda tutilmoqda) auditoriyaga tabassum bilan kirib kelib, “Diqqat! Xuşxabarlik eʼlon bor. Bugun öquv maşğulotlaridan keyin hammamiz bir tanu bir jon bölib, Şayxontohurga boramiz. Keç soat oltida Toşkent telemarkazi oçilar ekan. Biz ulkan tarixiy voqeaning guvohi bölamiz”, dedi. Hammamiz quvonib ketdik va Şayxontohurga barçadan ilgari yetib keldik. U zamonlarda telemarkazning çor atrofi qinğir-qiyşiq qurilgan körimsiz, ğaribona uylar bilan örab olingan, xaloyiq bu yerda tiqilişib yaşar edi. Endigina qurib bitkazilgan haşamatli telemarkaz binosi odamlar bilan gavjum... Ularning barçasi xuşnud, xursand edilar...

...1956-yil 6-noyabr oqşomi! Özbek xalqining şodligi daryoday toşgan oqşom! Bu kun xotiramizda eng nurli sana bölib qoldi».

Öşa paytda Toşkent televideniyesining ijodiy işlar böyiça ilk direktori etib Mirsolih Miraʼzamov, telemarkaz rahbari etib esa muhandis-elektrik diplomiga ega bölgan birinçi özbek qizi Marziya Abdullayeva tayinlangan. Telestudiyaning ilk rejissyori Bobo Xöjayev, tasvirçisi Pölat Rasulov, birinçi diktori esa Iqbol Olimjonova bölgan.

Darhaqiqat, televideniye şu tariqa xalqimiz madaniy hayotida muhim örin egalladi. U qisqa vaqt içida mamlakatda yuz berayotgan voqealar, islohotlar va yangilanişlar, insonlarning kundalik hayoti hamda tarixini yorituvçi muhim axborot va maʼrifat vositasiga aylandi.

1958-yilda Toşkent telemarkaziga köçma telestansiya olib kelindi. U orqali ilk bor Alişer Navoiy nomidagi Akademik katta teatrda ötkazilayotgan tadbir namoyiş etildi. 1962-yildan Özbekiston televideniyesi körsatuvlarini bir neçta dastur orqali efirga uzatiş yölga qöyildi. 1961-yilda Urganç şahrida, 1964-yilda esa Nukus şahrida telemarkazlar işga tuşirildi.

1971-yilda Toşkent telemarkazi uçun yangi bino qurilişi boşlanib, 1980-yilda yakunlandi. Dastlabki telekörsatuvlar oq-qora tasvirda namoyiş etilgan bölsa, 1980-yildan boşlab rangli tasvirda uzatila boşladi. Şu yili Markaziy Osiyoda birinçi marta Toşkentda köçma televizion stansiya orqali bayram namoyişi rangli tasvirda olib körsatildi.

1980-yilda yangi telemarkazning işga tuşirilişi, 1984-yilda esa köp dasturli teleradioeşittirişlarni tarqatişga möljallangan teleminoraning faoliyat boşlaşi Özbekiston televideniyesining imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Balandligi 375 metr bölgan teleminora Toşkent telemarkazi körsatuvlarini tarqatiş sifati va qamrovini ikki barobar oşirişga xizmat qildi. Bugungi kunga qadar poytaxtimiz teleminorasi nafaqat Markaziy Osiyodagi eng baland mustaqil inşootlardan biri, balki taxminan 100 kilometr radiusda teledasturlarni bevosita uzatiş imkoniyatiga ega majmua sifatida ham ahamiyatga ega. U mintaqaning seysmik xususiyatlari hisobga olingan holda qurilgan bölib, töqqiz balli zilzilaga bardoş bera oladi. Inşootning barqarorligi har birining balandligi 93 metr bölgan konus şaklidagi uçta tayanç bilan taʼminlangan.

Şu maʼnoda, ötgan asrning 70–80-yillarini özbek televideniyesining oltin davri, deyiş mumkin. Aynan şu yillarda televideniye sohasining istiqbollari belgilab olindi, ustoz-şogird anʼanalari şakllandi. Bugungi televideniyening taraqqiyotiga, uning şon-şuhrat qozonişiga munosib hissa qöşgan Ubaydulla Burhonov, Bobo Xöjayev, Elbek Musayev, Jonrid Abdullaxonov, Armuğon Muhammedov, Maqsud Yunusov, Haybat Aliyev, Meli Mahkamov, Ergaş Karimov, Mahkam Muhamedov, Ahmad Aʼzam, Örol Ötayev, Anvar Isroilov, Qözijon Hakimov, Anvar Tojiyev, Ergaş Raimov kabi önlab ijodkor-jurnalist va rejissyorlarning xizmatlarini alohida eʼtirof etiş kerak.

Şuningdek, Özbekiston televideniyesining diktorlar guruhi şakllanişiga zamin yaratgan Iqbol Olimjonova, Raʼno Jörayeva, Öktam Jobirov, Davron Zunnunov, Nasiba Qambarova, Mirzohid Rahimov, Raʼno Madrahimova, Nasiba Ibrohimova, Farhod Bobojonov, Nasiba Maqsudova va Galina Melnikovaning ham xizmatlari beqiyos.

Yangi davr, yangi masʼuliyat

Özining qadimiy va boy tarixi, şonli taraqqiyot yöli bilan haqli ravişda faxrlanadigan Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasini Yangi Özbekistonning yoruğ yuzi, maʼnaviy qiyofasining muhim tarkibiy qismi, deyiş mumkin.

Bugun televideniye sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilib, zamon bilan hamqadam ravişda rivojlanmoqda. Keyingi yillarda kompaniya tizimida moddiy-texnika bazasi yangilandi, xodimlar uçun qulay mehnat şaroitlari yaratildi, iş haqi miqdori oşirildi va kasbiy faoliyatga qöyilayotgan talablar kuçaytirildi. Buning sababi ham bor: media makonida raqobat kundan-kunga kuçayib bormoqda.

Axborot texnologiyalari, internet, ijtimoiy tarmoqlar, videoplatformalar va sunʼiy intellekt media olamini tubdan özgartirmoqda. Endi odamlar istalgan vaqtda va istalgan joyda öziga kerakli maʼlumotni topişi, körsatuv tanlaşi, hatto mustaqil ravişda kontent yaratişi mumkin. Bu jarayon anʼanaviy televideniye oldiga yangi vazifalarni qöymoqda.

Endi gap faqat efir vaqtini töldiriş yoki körsatuvlar sonini köpaytiriş haqida emas. Asosiy masala — mazmun, sifat, işonç va tomoşabin eʼtiborini qozonişdir.

Hozirgi kunda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida jami 26 ta telekanal va 16 ta radiokanal faoliyat körsatmoqda. Zamon şiddati hamkasblarimiz oldiga yangi-yangi talab va vazifalarni qöymoqda.

Bugungi murakkab media muhitida jamiyat hayotida televideniyening örni va taʼsirini yanada oşiriş, xususan, uning xolis va haqqoniy axborot tarqatiş, oçiqlik va oşkoralikni taʼminlaş, söz va fikr erkinligini rivojlantirişdagi ahamiyatini yuksaltiriş muhimdir. Telekanallar dasturlarida erkin fikr-mulohaza yuritiş, xolis, haqqoniy va xalqçil mavzularni yoritiş asosiy mezonga aylanişi lozim.

Zero, xalqimizning real hayoti va turmuş tarzini yoritiş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning mohiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş, «Inson qadri uçun» tamoyiliga amal qiliş hamda xalq roziligiga erişiş — boş maqsadimizdir.

Uşbu qutluğ sana munosabati bilan Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi jamoasiga, köp yillar davomida soha rivojiga hissa qöşgan faxriylar va barça hamkasblarimizga mustahkam soğliq, ijodiy kuç-ğayrat va yangi zafarlar tilaymiz!

Xoliyor Safarov,

«Özbekiston tarixi» telekanali boş muharriri