Yoşlar sport öyinlari natijasini oldindan aytiş, yaʼni tavakkal qilib pul tikişmoqda. Bu xildagi işqibozlik köpinça jiddiy qaramlikning rivojlanişiga olib keladi.
Zamonaviy ösmirlar qimor öyinlari töğridan-töğri smartfonlarida mavjud bölgan dunyoda yaşayapti. Ikki mingga yaqin yoşlar örtasida ötkazilgan sörovnoma şuni körsatdiki, respondentlarning 52,5 foizi sönggi 12 oy içida qandaydir stavkalar qöygan. Tadqiqot natijalari Rutgers universiteti (AQŞ) tomonidan eʼlon qilindi, deb xabar berdi science.mail.ru.
Yoşlar anʼanaviy lotereyalar va sport garovlaridan taşqari yangi moliyaviy vositalarni ham faol özlaştirmoqda. Gap kriptovalyuta treydingi va başorat bozorlari haqida ketmoqda, bu yerda foydalanuvçilar pullarini turli jahon voqealari natijasiga ham tikişadi. Taxminan har öninçi öyinçi ösmir qaramlik rivojlanişining yuqori xavfi belgilarini körsatdi. Bu körsatkiç katta yoşdagilar statistikasidan deyarli farq qilmaydi va yigitlar orasida ham, qizlar orasida ham bir xil.
Ijtimoiy tarmoqlardagi agressiv reklamalar vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda.
Oila taʼsiri: bolalar tavakkal qilişni qayerda örganadi
Mutaxassislar bu kabi xavfli odatning şakllanişida atrof-muhit katta rol öynayapti deb hisoblaydi. Eʼtibor qiling – bu borada muammoli ösmirlarning aksariyati oila aʼzolari bilan birga öynaganliklarini tan olişdi. Yana kamiga deng, köpçilikning qimorbozlikka qiziquvçan yaqinlari bor. Buning ustiga ijtimoiy tarmoqlardagi agressiv reklamalar vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda.
Algoritmlar foydalanuvçilarga stavkalar bilan kontentni faol taklif qilayotir, maşhur blogerlar esa öyin platformalarini tarğib qilişdan töxtamayotir.
Tadqiqotçilar öyinlarga qaramlikning oldini oliş yondaşuvini qayta körib çiqişga çaqirmoqda. Ularning taʼkidlaşiça, oddiy köngilxuşlik, moliyaviy investitsiyalar va internetdagi xavfli qimor örtasidagi çegara juda nozik bölib qolgan.
Avvalroq tadqiqotçilar millionlab ösmirlar öyin xaridlari tuzoğiga tuşib qolganini aniqlagan edi.