Bu haqda 5-noyabr kuni Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, Prezidentning 2026-yil 11-sentyabrdagi PF–193-son Farmoni asosida «Ayollar daftari» jamğarmasi hisobidan körsatiladigan yordam va xizmatlar soni 11 tadan 18 taga yetkazildi. Ularning 6 tasi avvalgi tartibda saqlanib, 5 tasi takomillaştirildi va 7 ta yangi yönaliş joriy etildi.

Yangi tartibga köra, xotin-qizlarga jarrohlik amaliyotisiz davolaniş uçun 22 million sömgaça, diagnostik tekşiruvlar uçun esa 4,4 million sömgaça mablağ ajratiladi. Operatsiya xarajatlari davlat yoki xususiy tibbiyot muassasasi bilan tuzilgan şartnoma asosida qoplanadi.

Uy-joyni taʼmirlaş uçun 22 million sömgaça yordam ajratiş tartibi ham takomillaştirildi.

Ijarada yaşovçi ehtiyojmand xotin-qizlarga esa ijara tölovining 50 foizi kompensatsiya qilib beriladi. Bunda tuman va şaharlarda 2,2 million sömgaça, Toşkent va Nukus şaharlari, şuningdek, viloyatlar markazlarida 2,64 million sömgaça mablağ tölanadi.

Yangi joriy etilgan 7 ta yönalişning asosiy qismi xotin-qizlarning öz daromad manbaini yaratişiga qaratilgan.

Jumladan:

  • tomorqada issiqxona quriş uçun — 17,6 million sömgaça;
  • uruğlik, köçat va öğit xarid qiliş uçun — 1,32 million sömgaça;
  • yerni haydaş va tekislaş uçun — 4,4 million sömgaça;
  • tikuvçilik, qandolatçilik, hunarmandçilik va maişiy xizmat uçun asbob-uskunalar xarid qilişga — 6,6 million sömgaça;
  • xonadon va tomorqani suv bilan taʼminlaş uçun — 17,6 million sömgaça;
  • agrotexnik va mexanizatsiya xizmatlari uçun — 8,8 million sömgaça;
  • çorvaçilik, parrandaçilik, quyonçilik va asalariçilikni boşlaş uçun — 11 million sömgaça yordam beriladi.

Şuningdek, kasanaçilik va hunarmandçilik bilan şuğullaniş uçun zarur asbob-uskunalar xaridiga 22 million sömgaça mablağ ajratiladi.

Yana bir muhim yangilik — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi belgilangan talablarga javob beruvçi xotin-qizlar yoki ikki va undan ortiq farzandning bir nafari uçun oliy taʼlim tölov-kontrakt pulining 50 foizigaça qismi qoplanadi. Bunda tölov miqdori 22 million sömdan oşmasligi kerak.

Uşbu imkoniyat endi faqat kunduzgi taʼlimga emas, balki keçki va masofaviy taʼlim şakllariga ham tatbiq etiladi. Yordam ehtiyojmand oilalar uçun har yili bir marta ajratilişi mumkin.

Bundan taşqari, «Eng yaxşi ijtimoiy loyihalar» tanlovida 26,4 million sömgaça grant oliş imkoniyatiga ega bölganlar qatoriga yakka tartibdagi tadbirkorlar ham kiritildi.

Kimlar uşbu yordamlardan foydalana oladi?

Yangi tartibda 30 yoşdan oşgan xotin-qizlar işsizlik, tadbirkorlik, uy-joy, tibbiy-psixologik va huquqiy yordamga bölgan ehtiyojidan kelib çiqib, beşta toifadan biriga kiritiladi.

Yangi tadbirkorlik va daromad topişga qaratilgan yordamlar, asosan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, kambağallikka tuşiş xavfi bor va boşqa ehtiyojmand oilalardagi 30 yoşdan oşgan xotin-qizlarga möljallangan.

Şuningdek, mablağlarning maqsadli sarflanişini taʼminlaş uçun yangi yönalişlardagi tölovlar tovar va xizmat yetkazib beruvçilarga şartnoma asosida töğridan-töğri ötkaziladi.

Maʼlumot uçun, «Ayollar daftari» tizimining 2021–2025-yillardagi dastlabki olti bosqiçida 4 million 538 ming nafardan ziyod xotin-qizga amaliy yordam körsatilgan. Bu maqsadlar uçun qariyb 7 trillion söm yönaltirilgan.