Bu haqda Içki işlar vazirligida aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz va sifatli taʼminlaş masalalariga bağişlangan yiğilişda maʼlum qilindi.
Tadbirda içki işlar vaziri general-leytenant Aziz Toşpölatov, vazir örinbosarlari, hududiy xizmatlar rahbarlari, «Hududgaztaʼminot» AJ va «LPG-Trade» MÇJ masʼullari iştirok etdi.
Vazirlik maʼlumotiga köra, ötgan bir oy davomida kömir mahsulotini noqonuniy saqlaş va sotiş bilan boğliq 16 ta holat ham aniqlangan. Natijada 333 tonna 540 kilogramm kömir musodara qilinib, aholi ehtiyojlari uçun yetkazilgan.
Şuningdek, joriy yil oktyabr oyida Samarqand viloyatidagi «Pastdarğomtumangaz» gaz taʼminoti korxonasi xodimlari aholi uçun ajratilgan gazni talon-toroj qilayotgani aniqlangan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida xodimlarning oldindan jinoiy til biriktirib, maxsus transport vositalari yordamida maişiy gaz ballonlaridagi uglevodorod gazini talon-toroj qilgani maʼlum bölgan. Holat böyiça qiymati 32 million sömlik jami 3 tonna 100 kilogramm gaz mahsuloti musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan korxona xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Yiğilişda kuz-qiş mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energetika resurslari bilan barqaror taʼminlaş, gaz ballonlarini belgilangan grafik asosida yetkazib beriş, mahsulotlar taqsimotida şaffoflikni taʼminlaş masalalari ham muhokama qilindi.
Masʼullarga gaz va kömirni taşiş, saqlaş hamda aholiga yetkazib beriş jarayonlarini qatʼiy nazorat qiliş, taʼminotdagi uzilişlar sabablarini aniqlaş, asossiz tölovlar va mahsulotlarni talon-toroj qiliş holatlarining oldini oliş topşirildi.