Maxsus komissiya tomonidan olib borilayotgan doimiy monitoring natijalariga köra, milliy standart böyiça «yaşil» kunlar soni 3 tadan 14 taga köpaygan. «Zarğaldoq» va «qizil» kunlar esa 16 tadan 4 taga kamaygan.
Şu bilan birga, oktyabr davomida havo sifati bir maromda bölmagan. Oyning dastlabki 20 kunida körsatkiçlar ötgan yilga nisbatan ança yaxşi bölgan bölsa, 25–31-oktyabr kunlari havo sifati yana yomonlaşgan.
Bu holat haroratning pasayişi, şamolning sustligi, harorat inversiyasining tez-tez kuzatilişi va yoğingarçilikning yetarli bölmagani bilan izohlanadi. Bunday noqulay meteorologik şaroit ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini çeklab, ularning şahar va uning atrofida töplanişiga sabab bölgan.
Oktyabr davomida PM2.5 tarkibini aniqlaş uçun olingan 60 ta namuna laboratoriya tahlilidan ötkazilgan. Natijalarga köra, sanoat, transport va energetika sohalarida yoqilği yoqilişi bilan boğliq komponentlar örtaça 44,4 foizni, tabiiy çang esa 42,6 foizni taşkil etgan. Oy oxirida havo sifati yomonlaşgan kunlarda ham uşbu uluşlarda keskin özgariş kuzatilmagan.
Şunday qilib, 2026-yil oktyabr oyida Toşkentda havo sifati ötgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga yaxşilangan. Biroq oyning sönggi haftasidagi yomonlaşuv şamolsizlik va harorat inversiyasi kabi omillar havodagi ifloslantiruvçi moddalar töplanişiga taʼsir körsatişini yana bir bor namoyon etdi.