Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari Yaşnobod tumanidagi Jarqörğon köçasida «B..D.» MÇJ tomonidan olib borilayotgan quriliş işlarini örgandi.

Tekşiruvda qurilişning har bir bosqiçi uçun davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingan bölsa-da, unda belgilangan talablarning köpçiligi bajarilmagani maʼlum böldi.

Xususan, quriliş maydoniga kirib-çiqadigan yuk maşinalari ğildiraklarini yuviş uçun maxsus moslamalar örnatilmagan. Oqibatda loy va tuproq Jarqörğon köçasi böylab 2–2,5 kilometrgaça tarqalgan. Qurib qolgan loyni avtomobillar ezib, havoga köp miqdorda çang kötarilişiga sabab bölgan.

Yana bir jiddiy holat — kompaniya eski binolarni buzişdan hosil bölgan 126 188,9 tonna çiqindi va kotlovan qaziş jarayonida çiqqan 368 432 tonna tuproq qayerga olib ketilganini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim eta olmagan. Hududda esa 12 036 tonna qattiq maişiy va quriliş çiqindisi belgilanmagan joyga töplab qöyilgan.

Tekşiruvda 51 tup daraxt ham ruxsatsiz kesilgani aniqlandi. Kompaniya 50 tup arça va bir tup çinorni kesiş uçun ariza bergan, biroq şahar ekologiya boşqarmasi bunga ruxsat bermagan. Şunga qaramay, daraxtlar kesib taşlangan.

Bundan taşqari, «Yaşil makon» dasturi doirasida hududning kamida 25 foizini kökalamzorlaştiriş, uglerod neytralligi rejasini işlab çiqiş kabi ekologik majburiyatlar ham bajarilmagan.

Aniqlangan qoidabuzarliklar uçun korxonaga atrof-muhitni ifloslantiriş va çiqindilarni noqonuniy joylaştiriş böyiça 5 milliard 183 million 364 ming 476 söm kompensatsiya tölovi hisoblandi. Kesilgan daraxtlar uçun ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar esa 396 million söm etib belgilandi.

Şuningdek, kompaniya kesilgan har bir daraxt örniga 100 tupdan, jami 5 100 tup kamida uç yillik köçat ekişi va ularni uç yil davomida parvarişlaşi şart. Korxona rahbariga esa 4 million 400 ming söm maʼmuriy jarima qöllanildi.

Kompaniyaga çang kötarilişining oldini oliş, çiqindilarni hududdan olib çiqiş va qayta işlaşga topşiriş, şuningdek, ekologik oqibatlar töğrisidagi bayonot loyihasini 10-dekabrga qadar ekspertizadan ötkaziş böyiça körsatmalar berildi.

Ekologiya qömitasi quriliş maydonlari atrofidagi çang, köçalarga tarqalgan loy, çiqindilarning tartibsiz taşlanişi yoki daraxtlarning noqonuniy kesilişiga guvoh bölgan fuqarolarni 11-57 qisqa raqami yoki @ecogovuz_bot Telegram boti orqali foto va videolar bilan murojaat qilişga çaqirdi.