Örindiqlar atrofida qoldirilgan plastik idişlar, oziq-ovqat qoldiqlari va turli çiqindilar dam oliş maskanlarining körinişini xunuklaştirib, boşqa taşrif buyuruvçilar uçun ham noqulaylik tuğdirmoqda.

Aslida, boğ va istirohat maskanlarini toza saqlaş faqat masʼul taşkilotlarning vazifasi emas. Bu yerga hordiq çiqariş uçun kelgan har bir insonning ham masʼuliyati bor.

Tabiatni asraş katta işlardan emas, oddiy odatlardan boşlanadi. Çiqindini belgilangan joyga taşlaş, dam olgan hududimizni toza qoldiriş orqali atrof-muhitga bölgan hurmatimizni namoyon etamiz.

Hordiq maskanlari çiqindixona emas. Ularni toza saqlaş esa har birimizning burçimizdir.

Hakim Tohir olgan suratlar