Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining maʼlum qilişiça, Mehnat kodeksining 401 va 402-moddalariga köra, ayrim toifadagi ota-onalar har yili qöşimça taʼtil oliş huquqiga ega.

Uşbu huquqdan 12 yoşga tölmagan ikki va undan ortiq farzandi yoki 16 yoşga tölmagan nogironligi bölgan farzandi bor ota-onalardan biri, şuningdek, ota-ona örnini bosuvçi şaxs foydalanişi mumkin.

Qonunçilikka köra, ularga har yili kamida 4 kalendar kun haq tölanadigan qöşimça taʼtil beriladi. Bundan taşqari, ota-onalardan birining xohişiga köra, har yili 14 kalendar kungaça iş haqi saqlanmaydigan taʼtil ham berilişi mumkin.

Bu taʼtillarni yillik mehnat taʼtiliga qöşib yoki iş beruvçi bilan kelişgan holda alohida oliş mumkin. Şuningdek, ularni töliq yoki qismlarga bölib foydalanişga ruxsat etiladi.

Muhim jihat: qöşimça taʼtillar faqat tegişli iş yili davomida beriladi. Foydalanilmagan taʼtil kunlari keyingi iş yiliga köçirilmaydi. Haq tölanadigan qöşimça taʼtil esa pulli kompensatsiya bilan almaştirilmaydi.

Demak, farzandlari bilan birga vaqt ötkazişni istagan va qonunda belgilangan toifaga kiradigan ota-onalar iş beruvçiga murojaat qilib, uşbu qöşimça taʼtillardan foydalanişlari mumkin.