Bu haqda bugun Bojxona qömitasi va UzIMEI markazi vakillari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, IMEI identifikatorlarini tekşirişda şubhali holatlar yuzaga kelganda, bojxona xodimlariga amaliy yordam beriş uçun UzIMEI mutaxassislarining Toşkent xalqaro aeroportida doimiy faoliyat yuritişi yölga qöyildi.

Şuningdek, avval olib qöyilgan bir neça yuzta mobil qurilmani egalariga qaytariş işlari boşlangan.

Matbuot anjumanida ayrim şaxslar bojsiz olib kiriş meʼyorlarini çetlab ötiş uçun IMEI kodlarini soxtalaştiriş va boşqa qurilmalarga tegişli identifikatorlardan foydalaniş kabi qonunbuzilişlarga qöl urayotgani aytildi.

Maʼlum qilinişiça, 2026-yilning 10 oyida Özbekistonga rasman 4,1 million dona mobil qurilma olib kirilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 1 million donaga köp.