Biroq, köpçilik bunda xavotir, eşitiş qobiliyatini yöqotiş va harakatlaniş bilan boğliq muammolar ham sabab bölişi mumkinligini eʼtiborga olmaydi, deb yozadi ru.euronews.com.
Şu örinda bir misol keltirib ötsak. Sobiq sportçi, hozir 70 yoşdan oşgan B.Melankon zinapoyadan ön martadan ortiq yiqilganidan söng, undan foydalanişdan qörqa boşladi. U köp yiqilganidan muvozanatni yöqotişdan qörquvga tuşib qolgan. Garçi bu qörquv potensial xavfli harakatlardan qoçişga majbur qilsa-da, ammo yiqiliş xavfini ham oşiradi. Çunki bu kabi odamlar kamroq faol bölib, kuç va harakatçanlikni yöqotadi.
“Agar sizda işonç bölmasa, yiqilişdan qörqqaningiz uçun dadil harakatlanişdan çöçib qolasiz”, dedi Veksner tibbiyot markazini amaliyotçi hamşirasi Mişel Isli. – Bu yiqiliş qörquvi aslida yiqilişning eng katta xavf omillaridan biri.
Mazkur muammo nafaqat AQŞ, şuningdek Yevropada ham soğliqni saqlaş muammosi. Çunki kesalarning yiqilib tuşişi kasalxonaga yotqiziş, nogironlik, mustaqil harakatlanmay qoliş va hatto ölimga olib kelişi mumkin.
Yevropada yiqiliş tufayli şoşilinç yordam bölimlariga murojaatlarning deyarli yarmi siniş taşxisi bilan tugaydi, taxminan har beşinçisi boş jarohati bilan boğliq. Jismoniy jarohatlardan taşqari, yiqilişlar xavotir, qörquv va qarindoşlarga qaramlikni kuçaytirişi yoki qariyalar uyiga köçib ötişga olib kelişi mumkin.
Xavflarni kamaytiriş
Yiqilişlar kamdan-kam hollarda faqat bitta omil tufayli yuzaga keladi. Odatda ular jismoniy, xulq-atvor va taşqi xavf omillarining uyğunlaşuvi natijasida yuzaga keladi. Bularga muşak kuçining pasayişi, muvozanatning yomonligi, köriş yoki eşitişning buzilişi, surunkali kasalliklar va bir vaqtning özida bir neçta dorilarni qabul qiliş kiradi. Xulq-atvor omillari ham öz hissasini qöşadi, masalan, notöğri poyabzal va yiqiliş qörquvi tufayli harakatçanlikdagi özgariş.
Uy – profilaktika uçun ayniqsa muhim joy. EuroSafe byulleteniga köra, yiqiliş bilan boğliq jarohatlarning 64 foizi uyda sodir böladi. Uy içidagi jarohatlarning yarmidan köpi mehmonxona yoki yotoqxonalarda sodir böladi, undan keyin vannaxona va zinapoya turadi. Uydan taşqarida notekis yölaklar, sirpançiq yuzalar va yomon saqlangan jamoat joylari xavfni oşiradi.
Jismoniy faollik, ayniqsa fizioterapevtlar nazorati ostidagi dasturlar yordamida kuçni mustahkamlaş va muvozanatni yaxşilaş profilaktikaning muhim qismi. Melancon tört oy davomida haftasiga bir neça marta maxsus klinikada kuç va muvozanatni mustahkamlaş uçun fizioterapevt bilan işladi. Şuningdek, har kuni ertalab uyda maşq qilişni va yaxşiroq qöllab-quvvatlanadigan sport poyabzallarini kiyişni boşladi. U dasturni tugatgandan beri biror marta yiqilmadi.
– Men endi zinadan qörqmayman, istagan zinangizdan kötarilib-tuşişim mumkin, – dedi Melankon. Odamlar, şuningdek, öz dorilarini davolovçi şifokor yoki farmatsevt bilan muhokama qilişlari kerak, çunki ularning baʼzilari boş aylanişi yoki muvozanat bilan boğliq muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
Melankon yiqilişdan qörqadiganlarni yordam söraşga va tiklaniş yölida qatʼiyatli bölişga çaqiradi. “Siz buni qila olasiz. Agar zimmangizga majburiyat olsangiz va qatʼiyat körsatsangiz, siz hamma narsani uddalaysiz”, dedi u.