Uşbu köriniş eng uzun qirğoq çiziğiga ega bölgan 20 ta mamlakatni öz içiga oladi va har bir mamlakatning qirğoqlari uzunligini geografiya qanday belgilaganini körsatadi. Maʼlumotlar WorldAtlasʼdan olingan bölib, Hindiston uçun körsatkiçlar Hindiston hukumatining Yer fanlari vazirligi maʼlumotlari asosida yangilangan, deb xabar berdi naked-science.ru.
Kanadaning noyob qirğoq çiziği köp jihatdan Arktikaga tegişli. Bu yerda minglab orollar, qöltiqlar va böğozlar ğayrioddiy qirğoq çiziğini hosil qiladi. Darhaqiqat, uşbu mamlakat qirğoqlari çiziğining 70 foizdan ortiği Arktikaga töğri keladi. Şu sabadan bölsa kerak, uning şimoliy geografiyasi reytingda yetakçi.
Norvegiya qirğoq çiziği çuqur joylaşgan fiordlar (quruqlik içkarisiga kirib borgan tor va uzun dengi qöltiği) va deyarli 239 100 ta qirğoq orollaridan taşkil topgan.
Uzunligi 99 083 kilometr bölgan qirğoq çiziği uçinçi örindagi Indoneziyadan taxminan 70 foizga uzunroq. Indoneziyaning qirğoq çiziği 17 500 dan ortiq orollardan iborat arxipelag böylab çözilgan (bu reytigda uçinçi örin).
Boşqa orol davlatlari, jumladan, Filippin (36 289 kilometr) beşinçi va Yaponiya (29 750 kilometr) oltinçi örinda turadi. Avstraliya 25 761 kilometr bilan yettinçi örinda, Yangi Zelandiya esa 15 134 kilometr bilan töqqizinçi örinda.
Bu mamlakatlar dunyodagi eng yirik quruqlik massivlari bilan qiziqarli qarama-qarşilikni ifodalaydi. Maydoni böyiça dunyodagi eng yirik davlat bölgan Rossiya 37 652 kilometr qirğoq çiziği bilan törtinçi, AQŞ esa 19 924 kilometr qirğoq çiziği bilan sakkizinçi örinda turadi. Bu nima uçun mamlakatning quruqlik maydoni uning qirğoq çiziği umumiy uzunligining işonçli körsatkiçi emasligini yaqqol körsatadi.
Yetakçilar önligini 14 499 kilometr qirğoq çiziği bilan Xitoy, 13 676 kilometr bilan Gretsiya va 12 429 kilometr bilan Buyuk Britaniya yakunlaydi. Hindiston 2025-yilda qirğoq çiziğining rasmiy ölçovi qayta körib çiqilgandan söng 11 099 kilometr bilan 13-örinni egalladi.
Qirğoq çiziğining uzunligi ölçaş uslubiyatiga qarab sezilarli darajada farq qilişi mumkin. Batafsilroq ölçovlar kiçik körfaz, qöltiq va orollarni hisobga oladi, bu esa köpinça katta yakuniy qiymatlarni beradi. Bu turli manbalarda reytinglar nima uçun farq qilişi mumkinligini tuşuntirişga yordam beradi.
Reytingga faqat suveren davlatlar ham kiritilgan. Masalan, dunyodagi eng katta orol Grenlandiya taxminan 44 088 kilometr qirğoq çiziğiga ega. Agar u mustaqil davlat bölganida, Rossiyani ortda qoldirib, dunyoda törtinçi örinni egallagan bölardi.