Bu haqda mamlakat Markaziy saylov va referendumlar ötkaziş komissiyasiga tayanib, 24.kg sayti maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Japarov prezidentlikka nomzod sifatida röyxatdan ötiş uçun Markaziy saylov komissiyasiga ariza topşirgan. U saylovda özini özi nomzod qilib körsatiş tartibida iştirok etmoqçi.
11-noyabr holatiga köra, Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlikka nomzodini ilgari suriş böyiça yettita ariza kelib tuşgani xabar qilingan. Avvalroq Aymen Kasenov, Azamat Esenbekov, Siymik Japikeyev, Akay Qidirov, Isxak Masaliyev va Baktibek Kalmamatov ham saylovda qatnaşiş niyatini bildirgan.
Qirğizistonda prezidentlikka nomzodlarni körsatiş jarayoni 2026-yil 13-noyabrga qadar davom etadi. Prezidentlik saylovi esa 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.
Maʼlumot uçun, Sadir Japarov 2021-yil 10-yanvarda ötkazilgan muddatidan oldingi prezidentlik saylovida 79,2 foiz ovoz töplab, davlat rahbari etib saylangan va öşa yilning 28-yanvarida lavozimiga kirişgan.
Japarov saylangan vaqtda amalda bölgan Konstitutsiyaga muvofiq, prezidentlik vakolati olti yil etib belgilangan edi. Biroq 2021-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada prezidentlik muddati beş yilga qisqartirilib, bir şaxsning uşbu lavozimni ikki muddatdan ortiq egallaşi taqiqlangan.
Qirğiziston Konstitutsiyaviy sudi Japarovning olti yillik amaldagi vakolat muddati birinçi prezidentlik muddati sifatida hisoblanişini tasdiqlagan. Şu tariqa, u bölajak saylovda ikkinçi, beş yillik prezidentlik muddati uçun kuraşmoqda.