Bu haqda Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati rahbari Zoyir Yöldoşev maʼlum qildi.

Uning aytişiça, voqea joriy yilning 8-noyabr kuni soat 20:20 atrofida Toşkent şahrining Şahrisabz köçasida sodir bölgan. Haydovçi «Harakat töğriga» yöl belgisi talabiga amal qilmasdan, çapga burilgani uçun YPX xodimi tomonidan töxtatilgan.

Haydovçi bilan inspektor örtasidagi muloqot davomida tortişuv kelib çiqqan. Şunda safarbarlik guruhi YPX inspektori, kiçik serjant Raimov içki işlar organlari xodimlari rioya etişi şart bölgan odob-axloq qoidalarini buzib, fuqaroni haqorat qilgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xizmat tekşiruvini tayinlagan. Tekşiruv davrida inspektor egallab turgan lavozimidan çetlatilgan.

Vazirlik bayonotida içki işlar organlari xodimlari har qanday vaziyatda fuqarolar manfaati uçun xizmat qilişi va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etişi şartligi taʼkidlangan.