Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farğona viloyati boşqarmasi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, voqea 2026-yil 28-sentyabr kuni sodir bölgan. Holat yuzasidan 29-sentyabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi uşlangan va 30-sentyabr kuni unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi belgilangan.

Hozirda tegişli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qayd etilişiça, voyaga yetmagan jabrlanuvçining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ruhiy holatini tiklaş hamda zarur yordam körsatiş maqsadida unga psixologik va yuridik xizmatlar biriktirilgan.

Holat Ijtimoiy himoya milliy agentligining masʼul xodimlari nazoratiga olingani aytiladi.