Joriy yil 9-noyabr kuni Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasiga uşbu şaharda sodir bölgan YTH oqibatida jabrlangan fuqaro G.K. töğrisida maʼlumot kelib tuşdi. Mazkur holat yuzasidan Boş konsulxona konsullik xodimi va Migratsiya agentligining hududiy vakili zudlik bilan fuqaro yotqizilgan 2-sonli şahar tez yordam şifoxonasiga taşrif buyurdi.
Aniqlanişiça, fuqaro Novosibirsk şahri Vыsoskiy köçasi 42-uy yonidagi piyodalar ötiş joyidan ötayotgan vaqtida qora rangli “Djip” rusumli yengil avtomobili tomonidan urib yuborilgan. Haydovçining özi tez yordam xizmatini çaqirib, jabrlanuvga birinçi tibbiy yordam körsatilişini taʼminlagan.
Tibbiy taşxisga köra, fuqaroning singan suyaklari bitguniga qadar uni köçirişga qarşi körsatmalar mavjud.
Boş konsulxona tomonidan fuqaroga yetkazilgan zararni qoplaş hamda uşbu holat yuzasidan qonuniy tartibda jabrdor maqomini berişni sörab Rossiya TIVining Novosibirsk şahridagi vakolatxonasiga rasmiy nota yuborildi. Mazkur holat Boş konsulxonaning qatʼiy nazorati ostida.