Uçraşuvda iştirok etganlardan biri darsliklarning oğirligi masalasini kötarib, oğir ryukzaklar bolalar salomatligiga salbiy taʼsir körsatayotganini taʼkidladi. Şuningdek, u maktab öquv dasturi bilan boğliq muammolarga ham töxtalib ötdi.

Taʼlim vaziri yangi darsliklar yangilangani, zamonaviy mazmunga ega ekanligini hamda tajribali pedagoglar iştirokida ekspertizadan ötkazilganini qayd etdi. Ularning oğirligi va sifati davlat standartlariga muvofiq nazorat qilinadi, baʼzi kitoblar esa ikkita alohida jildga ajratilgan.

Sadir Japarov mamlakat taʼlim tizimida sönggi ikki yildan beri islohotlar olib borilayotganini taʼkidladi. U maktab darsliklarini naşr etiş uçun qöşimça 8,5 milliard som ajratilganini eslatib ötdi, deb xabar berdi ru.sputnik.kg.

“Barça öquvçilar darsliklarni bepul olişlari kerak, şunda ota-onalar, avvalgidek, ularni öz hisoblaridan sotib olişga majbur bölişmaydi. Davlat kelgusi beş-olti yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örnini bosuvçi planşetlar bilan taʼminlaşni rejalaştirmoqda”, — dedi Prezident.