Bolalar ombudsmani maʼlum qilişiça, 2026-yil 28-sentyabr kuni Farğona viloyatida yaşovçi, 2012-yilda tuğilgan qiz Qöqon şahridagi mehmonxonada jinsiy zöravonlikka uçragan.

Mazkur holat yuzasidan 29-sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Iş doirasida gumonlanuvçi uşlanib, 30-sentyabr kuni sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Qayd etilişiça, 9-noyabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan jinoyat işi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan qayta malakalangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Voyaga yetmagan jabrlanuvçining ruhiy holatini tiklaş va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼul xodimlari tomonidan unga psixologik hamda yuridik yordam körsatilmoqda.

Bolalar ombudsmani jabrlanuvçining protsessual huquqlari taʼminlanişi yuzasidan kuzatuvni davom ettirişini maʼlum qildi.