Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga köra, qişloq aholisi boşlanğiç sinf öquvçilarini kötarib, muzdek sel suvini keçib ötkazayotgani aks etgan.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, masʼul taşkilotlar uşbu vaziyatdan xabardor. Jingil qişloğidagi hudud mavsumiy sel suvlari oqib ötadigan tabiiy özan hisoblanadi.
Ayni paytda vaziyatni örganiş, bolalar xavfsizligini taʼminlaş böyiça zarur çoralarni belgilaş hamda muammoning doimiy yeçimini topiş yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda.
Viloyat hokimligi Matbuot xizmati bolalarning taʼlim muassasasiga borib-kelişida xavfsizligini taʼminlaş böyiça çoralar körilişini maʼlum qildi.