Endilikda olimlarning ilmiy natijalari nafaqat hujjatlar, balki yagona elektron bazada tasdiqlangan maʼlumotlar asosida ham baholanadi.

Nimalar özgardi?

Ilmiy natijalarni tasdiqlaş tartibi yangilandi.

Ilgari qöşimça haq belgilaşda xodim taqdim etgan tasdiqlovçi hujjatlarga tayanilgan.

Yangi tartibda esa ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlar yagona elektron bazaga kiritiladi, tekşiriladi va tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan maʼlumotlar asosiy manbaga aylanadi.

Elektron bazadagi maʼlumotlar qöşimça haq belgilaşda taşkilotning ilmiy komissiyasi va kollegial organi uçun asosiy axborot manbasi hisoblanadi.

Bazaga kiritilgan, ammo tasdiqlanmagan natijalar qöşimça haq hisoblaşda inobatga olinmaydi.

Science ID orqali yangi rağbatlantiriş mezoni belgilandi.

Science ID orqali yuqori ilmiy faollik körsatgan har bir muallifga lavozim maoşining 10 foizigaça qöşimça haq belgilaş nazarda tutilmoqda.

Bu yerda gap barça xodimlarga avtomatik 10 foiz tölaş haqida emas, balki tegişli mezon asosida rağbatlantiriş haqida ketmoqda.

Endilikda ilmiy natijaga erişişning özi yetarli emas. Uning elektron bazada töğri aks etişi, tekşirilişi va tasdiqlanişi ham muhim ahamiyat kasb etadi.