Yiğilişda keltirilgan maʼlumotlarga köra, davlat oliygohlarining 2026-yilgi bitiruvçilaridan 13,8 ming nafari hozirda iş bilan taʼminlanmagan.

Şu munosabat bilan öquv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslaştiriş, talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş va iş beruvçilar bilan hamkorlikni kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi. Bitiruvçilarning işga joylaşişi oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini baholaşda muhim mezon bölişi qayd etildi.

Yiğilişda öquv adabiyotlari bilan taʼminlaş masalasi ham körib çiqildi. Tahlil qilingan 29,7 mingta öquv adabiyotining 5,5 mingtasi 20 yildan avval çop etilgani, ayrim fanlar böyiça esa umuman öquv adabiyotlari mavjud emasligi aniqlangan.

Şu sababli öquv manbalarini yangilaş va ularni taʼlim dasturlariga muvofiqlaştiriş vazifasi belgilandi.

Talabalar murojaatlarini öz vaqtida hal qiliş, topşiriqlar ijrosini taʼminlaş, talabalar turar joylari qurilişidagi keçikişlar va ijara xonadonlaridagi şaroitlarni örganişda yöl qöyilayotgan kamçiliklar ham muhokama qilindi.

Şuningdek, xorijiy xizmat safarlarining amaliy natijadorligi, investitsiya va grantlarni jalb qiliş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş hamda energiya tejamkorligini taʼminlaş masalalari körib çiqildi.

Yiğilişda ayrim oliy taʼlim muassasalaridagi mansabdor şaxslarning lavozimiga loyiqligini örganiş va natijasi böyiça xulosa kiritiş uçun işçi guruh tuziş belgilandi.

Yiğiliş yakunida rektorlarga 15 kun içida talabalar va öqituvçilar uçun qabullar taşkil etiş, ularning muammolarini joyida örganiş va hal qiliş çoralarini köriş topşirildi.

Şuningdek, oliy taʼlim muassasalari faoliyati böyiça oylik, çoraklik va yillik iş rejalarini şakllantiriş, aniqlangan kamçiliklarni esa belgilangan muddatlarda bartaraf etiş vazifasi yuklatildi.