Bu «Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident farmonida (PF–240-son, 2026-yil 6-noyabr) belgilangan.
Farmonga köra, volontyorlik harakatini rivojlantiriş orqali aholi, ayniqsa, yoşlarda ijtimoiy masʼuliyat, hamjihatlik, özaro yordam va rahm-şafqat tuyğularini şakllantiriş asosiy maqsadlardan biri etib belgilandi.
Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslar, yolğiz keksalar va nogironligi bölgan insonlarga beğaraz yordam körsatiş, atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan xayriya tadbirlarini taşkil etiş nazarda tutilgan.
Volontyorlar qanday rağbatlantiriladi?
«Ezgulik sari qadam» şiori ostida volontyorlik faoliyatini umummilliy harakatga aylantiriş rejalaştirilgan. Buning uçun:
- volontyorlar iştirokida ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalar taşkil etiladi;
- ularning huquq va erkinliklariga rioya etilişi taʼminlanadi;
- volontyorlar moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriladi;
- «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni taʼsis etiladi;
- 5-dekabr — Xalqaro köngillilar kuni keng nişonlanadi;
- xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari iştirokida Osiyo volontyorlari forumi ötkazib boriladi.
Talabalar uçun «Kasbiy volontyorlik» dasturi yölga qöyiladi
2027-yildan boşlab volontyorlik qiliş istagidagi yoşlar uçun «Service Learning» — ijtimoiy xizmat asosidagi taʼlim dasturi böyiça qisqa muddatli öquvlar taşkil etiladi. Ularning maqsadi yoşlarda volontyorlik könikmalarini şakllantirişdan iborat.
Şuningdek, davlat oliy taʼlim taşkilotlari talabalari va texnikum öquvçilari uçun «Kasbiy volontyorlik» dasturi amalga oşiriladi.
Bunda davlat organlari va taşkilotlari talabalar hamda texnikum öquvçilariga darsdan taşqari vaqtlarda volontyorlar guruhi tarkibida faoliyat yuritişlari uçun zarur şaroitlar yaratib beradi. Talabalar esa öz xohişiga köra, taʼlim olayotgan ixtisosligiga mos volontyorlik dasturlarida iştirok etadi.
Yana bir muhim yangilik: 2027-yil 1-yanvardan boşlab tajriba-sinov tariqasida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga ijtimoiy xodimlarni işga qabul qilişda nomzodlarning malaka talablari böyiça körsatkiçlari teng bölsa, volontyorlik faoliyati bilan şuğullanganlarga ustunlik beriladi.