Markaziy bank tijorat banklari va tölov taşkilotlariga yuborgan körsatmasida bunday holatlarga alohida eʼtibor qaratdi. Unga köra, elektron tizimda operatsiyaning «muvaffaqiyatli» deb qayd etilgani mijozga naqd pul haqiqatda berilganini anglatmaydi.
Markaziy bankka fuqarolardan kartadan mablağ yeçilgani, biroq bankomat pul bermagani haqida murojaatlar kelib tuşmoqda. Ayrim hollarda banklar operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganini elektron jurnallar va texnik maʼlumotlar bilan asoslaşga harakat qiladi. Ammo bankomatdagi nosozliklar yoki zarur maʼlumotlarning saqlanmagani sababli pul mijozga berilgan-berilmaganini aniqlaş qiyinlaşadi.
Markaziy bankning muhim talabi: bank yoki tölov taşkiloti öz xatosi uçun mijozni javobgar qilib qöyişi mumkin emas.
Xususan, taşkilotning özi texnik va nazorat talablariga rioya qilmagani sababli nizoli operatsiyani xolisona tekşiriş imkoni bölmasa, buning oqibatlarini isteʼmolçi zimmasiga yuklaşga yöl qöyilmaydi.
Bunday murojaatlar körib çiqilayotganda faqat elektron tizimdagi yozuvlar bilan çeklanib qolmaslik kerak. Bankomatdagi naqd pul qoldiği, texnik maʼlumotlar, elektron jurnallar, videyozuvlar va tölov infratuzilmasi iştirokçilarining maʼlumotlari ham tekşirilişi lozim.
Tekşiruv natijasi böyiça mijozga aniqlangan holatlar va xulosa çiqarişda foydalanilgan maʼlumotlar körsatilgan javob berilişi şart.
Agar operatsiya haqiqatda lozim darajada bajarilmagani aniqlansa, bank yoki tegişli tölov taşkiloti mijozning buzilgan mulkiy huquqlarini tiklaşi, yaʼni mablağni qaytarişni taʼminlaşi kerak.
Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda esa Markaziy bank ularning xususiyati va oqibatlaridan kelib çiqib, aybdor taşkilotlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan nazorat va javobgarlik çoralarini qöllaydi.