Viloyat IIBB maʼlumotiga köra, 1978-yilda Olmaliq şahrida tuğilgan Pavel Kim fuqarolarga «moliyaviy yordam» körsatiş niqobi ostida firibgarlik qilganlikda gumonlanmoqda.

Jumladan, u bir fuqaroga 1 ming AQŞ dollari qarz berib, göyoki 10 ming dollar olgani haqida tilxat yozdirib olgan. Oradan maʼlum vaqt ötgaç, uşbu tilxatni asos qilib fuqarolik sudiga murojaat qilgan va qarzdordan 10 ming dollar undiriş haqida sud qarori çiqarilişiga erişgan.

Şu tariqa, jabrlanuvçilarning har oylik iş haqidan mablağlar undirilib, gumonlanuvçining manfaatiga yönaltirilgan.

Tergov doirasida uning yaşaş xonadoni va iş ofisi közdan keçirilgan. Natijada fuqarolarga tegişli 100 ga yaqin tilxat, 55 ta uy-joyning kadastr hujjatlari, bitta pnevmatik qurol hamda Majburiy ijro byurosining qariyb 50 nafar fuqarodan pul undirişga oid hujjatlari aniqlangan.

Hozirgaça undan jabr körgan 65 nafar fuqaroning arizasi qabul qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Pavel Kimga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda firibgarlik), 188-moddasi 1-qismi hamda 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. U protsessual tartibda uşlangan va sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qayd etiş joizki, mazkur holat Içki işlar vazirligi tomonidan respublika böylab ötkazilayotgan «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik oyligining uçinçi bosqiçi doirasida foş etilgan.