Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimi X.D. va fuqaro B.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.E.ga Mingbuloq tumani hududidan 40 sotix yer maydonini auksion savdolarisiz uning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytib, 11 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.