Yevropaning Copernicus iqlim özgarişini kuzatiş xizmati dastlabki maʼlumotlariga köra, bu körsatkiç 2023-yil 17 va 18-noyabr kunlari qayd etilgan 2,05 graduslik avvalgi rekorddan yuqori böldi, deb xabar berdi Kazinform.

Sönggi uç yil içida sayyoradagi örtaça kunlik harorat sanoatlaşuvgaça bölgan davrdagi darajadan 2 darajadan ortiq kötarilgan 11 ta holat qayd etildi. 2023-yil noyabriga qadar esa bunday holatlar kuzatilmagan.

Amerikalik iqlimşunos Zik Xausfater yaqin kunlarda haroratdagi oğiş 2,3 gradusgaça yetişi mumkinligini istisno qilmayapti.

Olimlar haroratning kötarilişini asosan kömir, neft va tabiiy gazni yoqiş jarayonida hosil böladigan issiqxona gazlarining atmosferaga çiqarilişi bilan boğlamoqda. Bundan taşqari, El-Ninyo tabiiy hodisasi ham global isişni kuçaytirib, dunyoning turli mintaqalarida qurğoqçilik va suv toşqinlari xavfini oşiradi.

Iqlimşunoslarning prognozlariga köra, haroratning 2 graduslik çegaradan oşişi 2027-yil mart oyiga qadar davom etişi mumkin.

Şu bilan birga, mutaxassislar kunlik harorat rekordlarining yangilanişi Parij kelişuvida belgilangan uzoq muddatli iqlim maqsadlari buzilganini anglatmasligini taʼkidlamoqda.

XIX asrdan beri Yer yuzidagi örtaça harorat Selsiy böyiça taxminan 1,3 gradusga kötarilgan.