Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarori ijrosi doirasida Buxoro şahrida ham jamoat transporti infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va yölovçilarga qulay şart-şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Xususan, viloyatda yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi “Alixan trans servis” MÇJ tomonidan Xitoydan 25 ta zamonaviy “Zhongtong” rusumli avtobus olib kelindi.
Eʼtiborlisi, korxona tomonidan 2026-yil davomida loyihaning birinçi bosqiçida 36 ta avtobus xarid qilingan edi. Yangi avtobuslar bilan birgalikda joriy yilda xarid qilingan transport vositalari soni 61 taga yetdi.
Ayni paytda korxona Buxoro şahridagi 2, 10, 18 va 21-sonli avtobus yönalişlarida brutto-şartnoma asosida aholiga xizmat körsatmoqda. Bugungi kunda şahardagi 18 ta avtobus yönalişida 250 dan ortiq avtobus brutto-şartnoma asosida yölovçilar taşuvini amalga oşirmoqda.
Bu kabi yangilanişlar şunçaki avtobuslar sonining ortişi emas, balki jamoat transporti xizmatlari sifatini yaxşilaş, yölovçilar uçun qulaylik yaratiş va şahar transport tizimining samaradorligini oşiriş yölidagi muhim qadamlardir.
Buxoro şahrining transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça tasdiqlangan boş reja asosida yönalişlar tarmoğini takomillaştiriş, avtobuslar harakatini samarali taşkil etiş hamda aholining jamoat transportidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş işlari izçil davom ettirilmoqda.