Quyidagi jadval turli içimliklarda örtaça qança kofein borligini tuşunişga yordam beradi.

Zamonaviy tadqiqotlar kofein soğliq uçun foydali ekanligini tobora köproq taʼkidlamoqda. Masalan, har kuni qahva içiş demensiya xavfining pasayişi bilan boğliq. Olimlarning tadqiqotlari şuni körsatdiki, kofein xavotir va depressiyani kamaytirişi mumkin. Qahva aritmiya xavfini ham kamaytiradi.

Biroq, gap meʼyorida isteʼmol qiliş haqida ketmoqda. AQŞ Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi maʼlumotlariga köra, kuniga 400 milligrammgaça kofein isteʼmol qiliş, odatda, aksariyat katta yoşli odamlarning soğliğiga salbiy taʼsir körsatmaydi. Biroq, bu norma bolalar, ösmirlar va homilador ayollarga taalluqli emas. Amerika akuşer va ginekologlar kollegiyasining tavsiyalariga köra, homiladorlik davrida kuniga 200 milligrammdan ortiq kofein isteʼmol qiliş mumkin emas.

16 unsiya (taxminan 473 millilitr) damlangan qahvada örtaça 192 milligramm kofein mavjud.

Xöş, maşhur içimliklarda qança kofein mavjud? Damlangan qahva kofein miqdori böyiça yetakçi sanaladi. Odatda, damlangan qahva deganda tomçilatib damlangan qahva, masalan, filtr qahva yoki tomçilatib damlanadigan qahva tuşuniladi. 16 unsiya (taxminan 473 millilitr) damlangan qahvada örtaça 192 milligramm kofein mavjud. Bu kunduzgi maksimal körsatkiçning qariyb 48 foizini taşkil etadi.

Xuddi şu miqdordagi energetikada taxminan 144 milligramm yoki 36% kofein mavjud. Sakkiz unsiya (237 millilitr) hajmli damlangan qahva 96 milligramm kofein bilan uçinçi örinni egalladi.

Bir piyola kök çoyda 29 milligramm kofein bor.

Bir porsiya espresso (bir unsiya yoki 29,6 millilitr) tarkibida 64 milligramm kofein, bir finjon issiq qora çoy ( 237 gramm) tarkibida esa 48 milligramm kofein mavjud. Aytgança, qadoqlangan çoyda kofein kamroq – 473 millilitrga 45 milligramm.

Kofein kolada ham bor: parhez kolasida 43 milligramm, oddiy kolada esa 33 milligramm. Gap 12 unsiya (355 millilitr) porsiya haqida ketmoqda. Bir piyola kök çoyda 29 milligramm kofein bor. Kofeinni issiq şokoladda ham topiş mumkin — bir finjonida yetti milligramm. Hatto kofeinsiz qahvada ham kofein bor, lekin bir çaşkada atigi ikki milligramm.

Infografika mualliflari AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi maʼlumotlaridan foydalangan, deb yozadi naked-science.ru.