Maʼnoli boqib, jim tingladi. Bola-da, söngra “Prezident bobom şuni yozganmi?!” deydi. Ha, dedim-da davlatimiz rahbarining samolyotda ayni maktubni bitayotgan payti olingan suratini körsatdim. Prezidentimiz yurtimizdagi barça bolalarni yaxşi köradi, dedim. Uning közlarida hozirgina tinglagan yurt otasining sözlaridan mehr, himoya va ruhlaniş olgani şundoq sezilib turardi.

Ha, Şavkatbekka yöllangan bu maktub, mamlakatimizda kamolga yetayotgan millionlab bolajonlarimizga, yoşlarga yöllangan maktubdir. Unda davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Mening öz fikrlarim yurtimizdagi har bir bobo va ota, har bir buvi va onaning öz aziz dilbandlariga atagan yurak sözlaridir.” Uni öqigan, tinglagan har bir öğil-qiz yuksak maqsadlar sari ruhlanişi, öz kuçi, bilimi va irodasiga işonçi uyğonişi, yangi marralar sari ilhomlanişi şubhasiz.

Şu bois, uşbu maktub mazmun-mohiyatini mamlakatimizdagi har bir ota-ona hamda taʼlim muassasalarining tarbiyaçilari oila, boğça va maktablarda bolajonlarimizga, öquvçilarga öqib berişi, ularga yurtboşimizning Otalarça mehrini yetkazişimiz lozim va şart deb öylayman.

Zero, Prezidentimizning mazkur maktub orqali bergan mehru-muhabbati, toğdek tayançi, otalarça pand-nasihati kiçkintoylarimiz, yoşlarimiz qalbidagi daholik, öziga işonçi va isteʼdodi yuzaga çiqişi, qolaversa, kelajakda xalqimizning barça ezgu maqsadlarga yetişi, jonajon Vatanimizning xalqaro maydondagi obrösi yanada yuksalişi, aziz farzandlarimizni nurli yölga boşlovçi mayoq vazifasini ötaşi muqarrar.

X. Salimov,

Yuz.uz muxbiri