Qonun loyihasi bilan Bojxona kodeksiga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda.
Xususan, çet el avtotransport vositalarining Özbekiston hududida böliş muddatini amaldagi 90 kundan 180 kungaça uzaytiriş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, bojxona tölovlarini keçiktirib tölaş muddati 60 kundan 120 kungaça oşirilişi taklif etilmoqda. Bunda tölovlarni keçiktirib yoki bölib-bölib tölaş uçun hisoblanadigan foizlar Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasiga tenglaştiriladi.
Qonun loyihasida tadbirkorlik subyektlari uçun boş taʼminot summalarini kamaytiriş mexanizmlarini joriy etiş ham közda tutilgan.
Bundan taşqari, litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari doirasida arizalar hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlarni «Yagona darça» bojxona axborot tizimi orqali qabul qiliş imkoniyatlari kengaytiriladi.
Taʼkidlanişiça, taklif etilayotgan özgartirişlar taşqi savdo operatsiyalarida ortiqça maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartiriş, tadbirkorlarning moliyaviy yukini yengillaştiriş, bojxona xizmatlari şaffofligi va tezkorligini oşirişga xizmat qiladi.
Muhokamalardan söng qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.