Prezidentimiz ijro intizomini yanada mustahkamlaş, bu borada qatʼiy tartib örnatiş, temir intizom, joylardagi hokimlar va hokimliklar masʼul xodimlari dunyoqaraşini özgartirişni asosiy vazifa sifatida belgilab berdi. Davlatimiz rahbarining 2026-yil 7-apreldagi “Sirdaryo viloyatini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida ham alohida topşiriqlar belgilangan.
Masʼuliyat va sifat
Mazkur topşiriqlarni öz vaqtida va sifatli bajariş maqsadida Sirdaryo viloyati hokimligida ijro intizomini yanada mustahkamlaşga qaratilgan tizim yaratilgan.
Viloyat, şahar va tuman hokimliklari, respublika taşkilotlarining hududiy boşqarmalarida ijro intizomiga rioya etilişi, şuningdek, Prezident, Prezident Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan hokimlikka yuklatilgan topşiriqlar ijrosi muntazam nazorat qilinadi. Bu işlar Prezidentimizning 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunçilik hujjatlari ijrosini samarali taşkil etişda davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining şaxsiy javobgarligini kuçaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi va 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va taşkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonlari hamda 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat körsatişini taʼminlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oşirilmoqda.
Topşiriqlar ijrosi haftaning har duşanba kunlari hokim huzurida, juma kunlari hokimning ijro intizomiga masʼul birinçi örinbosari huzurida, çorşanba va şanba kunlari esa Boş vazir maslahatçisi huzurida tanqidiy va tahliliy muhokama qilinadi. Topşiriqlarning öz muddatida, töliq va sifatli bajarilişini taʼminlaş yuzasidan barça zarur çoralar körilmoqda.
Har oyda kalendar-reja hamda “yöl xaritasi” işlab çiqilib, ijro uçun barça darajadagi hokimlar va masʼul xodimlarga yetkaziş tizimi yölga qöyilgan.
Joriy yilning noyabr oyigaça “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali jami 1798 ta qonunçilik hujjati — 4 ta qonun, davlatimiz rahbarining 339 ta farmoni,
946 ta qarori, 41 ta farmoyişi va 468 ta bayoni böyiça 16 ming 493 ta topşiriq kelib tuşdi. Şundan 15 ming 139 ta topşiriqning ijrosi töliq taʼminlandi.
Asosiy maqsad — xalqning roziligi
Viloyatda har bir qarorning amaliy natijasiga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunda asosiy mezon aholi roziligi va islohotlarning hayotdagi samarasidir.
Rahbarlardan talab etilayotgan eng muhim jihat — şaxsiy masʼuliyat va taşabbuskorlik. Bugungi kunda vaqtni boy berişga yoki vazifalarni orqaga surişga heç qanday asos yöq. Zero, Prezidentimizning “Islohotlar natijasi, avvalo, eng quyi böğinda sezilişi kerak. Sodda qilib aytganda, agar tuman yoki şahar darajasida özgariş bölmasa, har qança urinmaylik, islohotlarimiz kutilgan natijani bermaydi”, degan fikri har bir rahbar uçun dasturulamal bölişi lozim. Çunki xalq davlat siyosatining samarasini aynan öz mahallasida, öz tumanida va öz hayotida his qilişi kerak.
Mahalla va uy-joy
Ayniqsa, “Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan hududlarda tegişli dastur doirasidagi keng qamrovli bunyodkorlik işlari mahallalarning taşqi qiyofasi va infratuzilmasini tubdan özgartirişga xizmat qilmoqda.
Viloyatda aholining uy-joyga talabini qondiriş, ularni zamonaviy turar joylar bilan taʼminlaş va yangi şaharsozlik muhitini şakllantiriş borasida sönggi yillarda keng kölamli işlar qilinmoqda. Bu islohotlar markazida, avvalo, inson qadri, oilalar farovonligi va xalqning ertangi kunga işonçi turibdi.
Joriy yilda 6813 xonadonli 123 ta köp qavatli uy quriş rejalaştirilgan. Şundan “Yangi Özbekiston” massivlarida 2023 xonadonli 22 ta, şahar va tumanlarda 4790 xonadonli 101 ta köp qavatli uyning qurilişi jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Bugungi kunda dastur doirasida 1117 xonadonli 24 ta köp qavatli uy foydalanişga topşirildi.
Sanoat, investitsiya va iqtisodiy ösiş
Viloyatda umumiy maydoni 196,54 gektar bölgan 19 ta kiçik sanoat zonasi hamda bitta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, maydoni 15,77 gektarni taşkil etuvçi 10 ta yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonasi taşkil qilingan. Bu hududlarda investorlar uçun qulay şaroitlar yaratilgani işlab çiqariş quvvatlarini kengaytirişga xizmat qilmoqda.
Uşbu zonalarda 100 ta investitsiya loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyihalarga jami 2,4 trillion sömdan ziyod investitsiya jalb etilgani hudud iqtisodiyotiga işonçning yorqin ifodasidir.
Investitsiya muhitini yanada yaxşilaş, sanoatni rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş böyiça qilinayotgan işlar öz natijasini bermoqda. Joriy yilning yanvar-noyabr holatiga köra, belgilangan eksport prognozi 387,4 million dollarni taşkil etib, yil boşidan buyon 344,5 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Viloyat iqtisodiyoti ham jadal surʼatlarda ösmoqda. Agar 2025-yilning uçinçi çoragi yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot hajmi 24,6 trillion söm bölgan bölsa, bugungi kunda 32,8 trillion sömga yetdi. Bu iqtisodiy salohiyatimiz 1,3 barobar oşganini anglatadi.
Joriy yilda yalpi hududiy mahsulot hajmini 42,1 trillion sömga yetkaziş, 25,6 ming aholini doimiy iş bilan taʼminlaş va
113 ming aholi daromadini oşirişni rejalaştirganmiz. 2025-yilning 9 oyida 32,1 ming kişi doimiy iş bilan taʼminlangan va 54 ming kişining daromadi oşirilgan. Hududiy investitsiya dasturi doirasida 442 ta yangi loyihani amalga oşiriş orqali qariyb 10,3 ming yangi iş örni yaratiladi.
Qişloq xöjaligi
Viloyatimiz meva-sabzavotçilik sohasida respublikada yetakçi hududlardan biri. Şu bois, mahsulotni qayta işlaş, saqlaş, qadoqlaş va taşqi bozorga çiqariş zanjirini yanada takomillaştiriş dolzarb vazifa bölib qolmoqda.
Sirdaryo viloyatida qişloq xöjaligini modernizatsiyalaş, yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş borasida keng kölamli işlar bajarilmoqda. Bu sohadagi islohotlar nafaqat mahsulot hajmini oşiriş, balki aholi bandligi va daromadlarini köpaytirişga ham xizmat qilmoqda.
2026-yilning 9 oyi yakunlariga köra, qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi mahsulotlari hamda xizmatlarining umumiy qiymati 19,1 trillion sömdan oşdi. 2027-yilda bu körsatkiçni 21,4 trillion sömga yetkaziş rejalaştirilgan.
Paxtaçilik va ğallaçilikda ham yuqori natijalar qayd etilmoqda. Ötgan mavsumda 450 ming tonnadan ortiq paxta xomaşyosi, 708,1 ming tonnadan ziyod don yetiştirilib, belgilangan reja töliq bajarildi. Bu yil esa qabul punktlariga 229 ming tonnadan ortiq don yetkazib berib, belgilangan reja 107 foiz etib uddalandi.
Taʼlim va sport
Xalqning kelajagi maktabdan boşlanadi. Çunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berişning eng uzoq davom etadigan, kerak bölsa, hal qiluvçi bosqiçi maktab taʼlimidir.
Şundan kelib çiqqan holda viloyatimizda maktabgaça taʼlim tizimi ham izçil rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda viloyatda 1172 ta davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti faoliyat körsatmoqda. Ularda 73 ming 198 bola tarbiyalanmoqda. Taʼlim sohasidagi eng katta yutuqlardan biri öquvçilarimizning respublika va xalqaro olimpiadalardagi yuqori natijalaridir.
Joriy yilda 492 ming 782 kişi (51 foiz) ommaviy sport harakatiga jalb etilgani soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş borasidagi işlar samarasini namoyon etmoqda.
Yil boşidan buyon ötkazilgan respublika musobaqalarida sportçilarimiz 1636 ta (367 ta oltin, 473 ta kumuş,
796 ta bronza) medalni qölga kiritdi. Şuningdek, jahon va Osiyo çempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda 317 ta (89 ta oltin, 98 ta kumuş, 130 ta bronza) medalga sazovor böldi.
Soğliqni saqlaş
Soğliqni saqlaş sohasida ham tarixiy özgarişlar keçmoqda. Ayni davrda viloyatda 121 ta birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi — 45 ta oilaviy poliklinika, 65 ta oilaviy şifokorlik punkti va 11 ta köp tarmoqli markaziy poliklinika faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, bitta diagnostika markazi, 3 ta şahar va bitta tuman soğliqni saqlaş bölimi, 7 ta tuman tibbiyot birlaşmasi hamda 23 ta davolaş muassasasi aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatmoqda.
Davlat va xususiy sektor hamkorligi tufayli tibbiy xizmatlar qamrovi va sifati sezilarli darajada oşdi. Kardiologiya yönalişida böyin va oyoq tomirlarini, buyrak va yurak qon tomirlarini stentlaş, travmatologiyada oyoq endoprotezlaş va tizza böğini artroskopiyasi, neyroxirurgiyada bel umurtqasi suyagi plastikasi va bel çurrasini endoskopik usulda olib taşlaş amaliyotlari ötkazilmoqda. Oftalmologiyada fundus-kamera orqali retinopatiyani erta aniqlaş, köz törpardasida lazer amaliyotlari, qandli diabet bilan oğrigan bemorlarda köz koagulyatsiyasi yölga qöyilgan. Onkologiya sohasida barça turdagi operatsiyalar laparoskopiya yordamida bajarilmoqda.
Bugungi özgarişlar asosi
Davlatimiz rahbari raisligida 2026-yil 13-mart kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida ijro intizomi masalalariga alohida töxtalib ötildi. Ijro intizomini kuçaytirişda qatʼiy talab tamoyiliga amal qilinişi, Prezidentimizning farmon va qarorlari, şuningdek, joylarda berilayotgan topşiriqlar ijrosi ustidan nazorat tizimi tubdan qayta körib çiqilişi taʼkidlandi.
Ijro intizomining boş mezoni oddiy fuqaroning davlat idorasidan va qabul qilingan qonunlardan roziligidir. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, intizom bor joyda baraka böladi, natija böladi. Ijro intizomi — bu şunçaki xizmat vazifasi emas, balki xalq va Prezident oldidagi farzandlik va vijdon işidir.
Prezidentimiz huzurida 2026-yil 24-aprel kuni ötkazilgan yiğilişda yilning dastlabki uç oyidagi iqtisodiy körsatkiçlar sarhisob qilinib, global geosiyosiy va iqtisodiy tebranişlar şaroitida Özbekiston iqtisodiyotining barqaror ösişini taʼminlaş çoralari belgilab berildi.
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik sohasida Sayxunobod, Uyçi va Zarbdor tajribalari asosida xonadonbay işlaş, aholining tomorqadan daromad olişini yölga qöyiş hamda özini özi band qilgan fuqarolarni rasmiy sektorga ötkaziş böyiça birinçi çorakdagi kamçiliklar körsatib ötildi. Yil yakunigaça bajarilişi şart bölgan maqsadli körsatkiçlar belgilab olindi.
Ijro intizomi yangi Özbekistondagi keng qamrovli islohotlar talabi, bugungi özgarişlar asosidir. Şu bois, viloyatimizda har bir sohaga oid topşiriqlar ijrosini taʼminlaşda barça darajadagi rahbar va mutaxassislarning bilim va könikmalarini doimiy ravişda oşirib boriş, tartib-intizomga qatʼiy rioya etgan holda şaxsiy masʼuliyatni kuçaytiriş ustuvor vazifa hisoblanadi.
Doniyor QODIROV,
Sirdaryo viloyati hokimi
vazifasini bajaruvçi