Iqtisodiyot va moliya vazirligining maʼlum qilişiça, arizalar ipoteka kreditlari böyiça subsidiya tölaşning maqsadli körsatkiçlari doirasida avval taqdim etilgan, ammo belgilangan muddatda foydalanilmagan xabarnomalar qoldiği hisobidan qabul qilinadi.

Subsidiya oliş uçun ariza beruvçilar ijtimoiy mezonlar asosida baholaş natijalariga köra kamida 30 ball töplaşi kerak. Şuningdek, ularning kredit tarixi dasturda iştirok etuvçi kamida bitta tijorat bankining içki talablariga mos bölişi lozim.

Bunda ariza beruvçi va uning turmuş örtoği nomida respublika hududida mulk huquqi asosida turar joy bölmasligi, örtaça oylik daromadi esa belgilangan ijtimoiy mezonlarga muvofiq bölişi talab etiladi.

Arizalarni quyidagi usullarda topşiriş mumkin:

Muhim eslatma: ariza beriş va baholaş jarayonida OneID tizimida şaxsga doir maʼlumotlarni boşqariş paneli orqali dasturda iştirok etuvçi tijorat banklariga kredit tarixini örganiş uçun ruxsat berilgan bölişi kerak.

Şuningdek, kredit tarixini olişga vaqtinçalik çeklov örnatilmagan bölişi lozim. Aks holda, banklar kredit tarixini örgana olmaydi va ariza rad etilişi mumkin.

Harbiy tuzilmalar xodimlari arizalarni bevosita Davlat xizmatlari markazlari orqali topşirişlari mumkin.

Subsidiyali ipoteka kreditlari dasturida quyidagi 15 ta tijorat banki iştirok etadi:

  1. «Agrobank» ATB;
  2. «Aloqabank» ATB;
  3. «Asakabank» AJ;
  4. «Asia Alliance Bank» ATB;
  5. «Biznesni rivojlantiriş banki» ATB;
  6. «Hamkorbank» ATB;
  7. «Ipak yöli» AITB;
  8. «Ipotekabank» OTP Group;
  9. «Mikrokreditbank» ATB;
  10. «Orient Finans» XATB;
  11. «Trastbank» XAB;
  12. «Turonbank» ATB;
  13. «Xalq banki» ATB;
  14. «Özmilliybank» AJ;
  15. «Özsanoatqurilişbank» ATB.