Prezidentimiz rahbarligidagi islohotlar markazida inson qadri, munosib hayot keçirişi, mehnat qilib daromad topişi va öz salohiyatini röyobga çiqarişi uçun zarur şaroit yaratiş maqsadi turibdi. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş, işsizlikni qisqartiriş, aholi bandligini taʼminlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalariga mahalla, hatto alohida xonadon darajasida yondaşilmoqda.
Bu jarayonda banklarning maqomi ham özgarmoqda. Ular quyi böğinga tuşib, aholi va tadbirkorlar bilan bevosita işlaş, imkoniyatlarni aniq loyihalarga aylantiriş, moliyaviy kömakni yangi daromad manbalari va iş örinlari oçişga yönaltirmoqda.
Keyingi paytlarda Qaşqadaryo, Jizzax, Farğona, Andijon va Buxoro viloyatlarida bölib, turli kasb egalari, tomorqaçilar va tadbirkorlar bilan suhbatlaşdik. Ularning keçagi taşvişlari, bugungi mehnati, ertangi rejalari bilan qiziqdik.
Bir qaraşda bu insonlarning hayoti va maşğuloti turliça bölsa-da, ularni birlaştirib turgan jihat mehnat qiliş, izlaniş va öz hayotini yaxşilaş istagidagi harakatlaridir. Bu intilişning amaliy natijaga aylanişida esa yaratilayotgan imkoniyatlar, banklarning moliyaviy va taşkiliy kömagi muhim örin tutmoqda.
Kimdir keçagina doimiy daromad manbaiga ega bölmagan, bugun esa öz tomorqasida mehnat qilib, rözğorini tebratmoqda. Boşqa birov kiçik işlab çiqariş tarmoğini kengaytirib, qöşnilarini ham iş bilan taʼminlamoqda. Yana bir tadbirkor esa mahsulotini jahon bozoriga olib çiqiş yölida saʼy-harakat qilmoqda.
Bir xonadonda uç imkoniyat
Qaşqadaryo viloyati Koson tumanidagi Esoboy mahallasida yaşovçi Xudoynazar Quvondiqov xonadonida bölganimizda oila aʼzolarining har biri öz imkoniyatiga qarab mehnat qilayotganini körib quvondik.
Ilgari bu oilaning doimiy daromad manbai bölmagan. Mehnat qilişga iştiyoq bor, ammo uni daromadga aylantiriş uçun zarur imkoniyat yetişmasdi. Bank vakillari xonadon şaroiti, oila aʼzolarining mehnatga layoqati va imkoniyatlarini örganib, bir-birini töldiruvçi uç yönalişda faoliyat taşkil etişga kömaklaşgan.
Bugun Xudoynazar akaning qizi va kelini tikuvçilik bilan şuğullanmoqda. Xonadonda qoramol boqilib, rözğor ehtiyojidan ortgan mahsulot sotilmoqda. Issiqxonada esa sabzavot yetiştirilmoqda. Oila aʼzolarining aytişiça, ana şu maşğulotlar hisobidan yiliga 50-60 million söm daromad topilmoqda.
Bizni raqamdan köra xonadondagi mehnat muhiti köproq qiziqtirdi. Har kimning öz yumuşi bor. Birining mehnati ikkinçisini töldiradi. Eng muhimi, oila endi faqat taşqi yordamga umid boğlab ötirmaydi, öz imkoniyatiga tayanib, rözğorini mustahkamlaşga intilmoqda.
Bu misolda muhim jihat bor. Bir martalik moddiy yordam ehtiyojmand oilaning taşvişini muayyan darajada yengillatişi mumkin. Ammo doimiy daromad manbaini şakllantiriş insonning hayotga munosabatini özgartiradi. U ertangi kunini rejalaştira boşlaydi. Mehnatining natijasini körgaç, öz kuçiga işonçi ortadi.
Kosondagi tajribaning ahamiyati ham şunda. Bu yerda oilaning imkoniyatlari örganilib, ularni işga solişga amaliy kömak berilgan. Natijada ilgari daromad keltirmagan mehnat salohiyati oila farovonligiga xizmat qila boşlagan.
Qarovsiz tomorqadan katta daromad
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi Boğişamol mahallasida esa boşqaça manzaraga duç keldik. Gulnora Xöjabekovaning tomorqasi ilgari yetarliça foydalanilmay, qarovsiz yotgan. Oilaning barqaror daromad manbai ham bölmagan. Gulnora opaning mehnat qiliş, tomorqadan foyda oliş istagi bor, ammo mablağ, zarur bilim va yetiştirilgan mahsulotni sotiş imkoniyati çeklangan edi.
Bank kömagida mahalladagi yetakçi tadbirkor bilan hamkorlik yölga qöyilgaç, tomorqaning ikki sotix qismida issiqxona taşkil etilib, sabzavot yetiştira boşlangan.
Muhimi, Gulnora opa bu işda yolğiz qolmagan. Yetakçi tadbirkor köçat yetkazib beriş, parvarişlaş va tayyor mahsulotni sotiş jarayonida kömaklaşmoqda. Issiqxonaga agronom ham biriktirilgan. Yetiştirilgan hosil esa bozor narxida xarid qilinadi.
Bir qaraşda, oddiy hamkorlikka öxşab körinadi. Ammo uning zamirida tomorqa egasi uçun muhim bir neçta muammoning yeçimi mujassam. U qanday köçat ekiş, qay tarzda parvarişlaş va hosilni kimga sotiş haqida ortiqça boş qotirmaydi. Asosiy eʼtiborini sifatli mahsulot yetiştirişga qaratadi.
Yetakçi tadbirkor esa faoliyati uçun zarur mahsulot taʼminotini yölga qöyadi. Boğişamol mahallasida 100 ta xonadonning ikki sotixdan yerida issiqxonalar taşkil etiş işlari deyarli yakuniga yetgan.
Bir tasavvur qiling: ilgari yetarliça foydalanilmagan yer yuzta oila uçun daromad manbaiga aylaniş arafasida. Bu şunçaki issiqxonalar qurilişi emas, balki mahallada mehnatga munosabat, tadbirkorlik könikmalari va iqtisodiy faollikning özgarişidir.
Ayni paytda uşbu tajribaning yana bir muhim jihati bor. Bu yerda tadbirkor faqat öz biznesini rivojlantirmayapti. Uning faoliyati atrofida boşqa xonadonlar ham iqtisodiy jarayonga jalb etilmoqda. Bank esa moliyaviy kömakçi bölib, yonida turibdi.
Demak, tadbirkorlik rivojlansa, samarasi bir korxona yoki bir oila bilan çeklanib qolmaydi. U boşqalar uçun ham mehnat qiliş, daromad topiş imkoniyatini yaratadi.
Tonggi quvonç
Farğona viloyati Oltiariq tumanidagi bir xonadonda bölganimizda iqtisodiy islohotlarning inson hayotidagi ahamiyatini yanada teran his qildik. Nogironligi sababli oila boşliğining mehnat qiliş imkoniyati çeklangan. Şunday bölsa-da, turmuş örtoği bilan ikki farzandini boqiş, rözğor tebratiş uçun kundalik işlarga çiqib yurgan. Doimiy daromad manbai bölmagan bu oila uçun har bir kunning öz taşvişi bor edi.
Bank tomonidan ehtiyojmand oilalarni daromadli faoliyatga jalb etiş maqsadida qilinayotgan işlar doirasida uşbu xonadonga buzoqli soğin sigir berilgan. Bir qaraşda oddiy çorvaçilik loyihasi. Ammo uning oila hayotidagi ahamiyatini ona bilan suhbatlaşganimda angladim.
Opa öşa kuni tongni qanday kutib olganini mamnuniyat bilan sözlab berdi. Ertalab sigir soğib, sutini pişirgan va maktabga otlanayotgan ikki farzandining nonuştasiga qöygan. Ilgari bolalar köpinça issiq çoy va non yeb maktabga ketar ekan. Bu gal esa dasturxonda sut ham bor edi.
Ona farzandlarining quvonçi haqida sözlar ekan, çehrasidagi mamnuniyatni yaşira olmasdi. Prezidentimizning eʼtibori ularning xonadonigaça yetib kelgani uçun minnatdorlik bildirdi.
Öşa suhbatdan keyin bir muddat öylanib qoldim.
Biz iqtisodiy islohotlar haqida gapirganda, odatda moliyalaştirilgan loyihalar, oçilgan iş örinlari, daromad körsatkiçlarini tilga olamiz. Albatta, bular muhim. Ammo bir ona uçun farzandlarining ertalab sut içib maktabga ketişi ham katta baxt ekanini öşa xonadonda kördim.
Bir buzoqli sigir hisobotda bitta loyiha sifatida qayd etilişi mumkin. Lekin bu oila uçun u rözğorga baraka, kelgusidagi daromad va ertangi kunga umid manbaidir.
Albatta, çorva beriş bilan barça muammo hal bölmaydi. Uni parvarişlaş, ozuqa va veterinariya xizmati bilan taʼminlaş, ortgan mahsulotni sotiş ham muhim. Dastlabki kömak ana şunday işlar bilan mustahkamlansagina, barqaror daromadga aylanadi.
Bu xonadonda hali katta işlab çiqariş yöq, yangi korxona ham oçilmagan. Ammo eng muhimi, oila öz mehnati bilan daromad topiş sari dastlabki qadamni qöygan. Inson qadrini uluğlaşning hayotiy maʼnosi ham, avvalo, şunday özgarişlarda namoyon bölsa kerak.
Hammasi kiçik taşabbuslardan boşlanadi
Uluğnor tumanidagi Fazogir mahallasida yaşovçi Jahongir Soliyev faoliyati bilan tanişuvimiz tadbirkorlikning nafaqat bir inson, balki boşqa oilalar hayotiga ham taʼsir körsatişini anglaşga yordam berdi.
U dastlab bankning 30 million sömlik moliyaviy kömagi bilan qurut tayyorlaşni yölga qöygan. Kiçik oilaviy iş kölami asta-sekin kengayib, “Qurtob” nomi bilan mahalliy bozorda öz brendiga ega bölgan. Bugun korxona mahsulotlari Andijon va Farğona bozorlariga yetkazib berilmoqda. Tadbirkorning aytişiça, kuniga 1,5-2 tonna sut qayta işlanyapti.
Eʼtiborlisi, bu yerda tadbirkorlikning rivoji aholi bandligiga ham xizmat qilmoqda. Hozir korxonada yetti işçi mehnat qilyapti. Ular şu mahallaning ilgari iş bilan band bölmagan odamlari orasidan jalb etilgan. Demak, bir tadbirkorning taşabbusi yetti kişining mehnat qiliş, daromad topiş imkoniyatiga aylangan.
Mahsulotga talab ortgani sari xomaşyo taʼminotini mustahkamlaş zarurati tuğilgan. Şu maqsadda qiymati 5 milliard sömlik yangi loyiha ustida işlar bajarilmoqda. Uning doirasida naslli qoramollar xarid qilinib, aholi xonadonlariga tarqatilişi rejalaştirilgan. Yetiştirilgan sutni korxona xarid qiladi. Natijada tadbirkor barqaror xomaşyo manbaiga, aholi esa tayyor xaridorga ega böladi.
Uşbu jarayonda iqtisodiy jihatdan muhim bir holatni köriş mumkin. Kiçik mablağ bilan boşlangan işlab çiqariş dastlab tadbirkorning öziga daromad keltirgan bölsa, keyinçalik boşqalarni iş bilan taʼminlay boşlagan. Endi esa u yanada kengayib, xonadonlarni xomaşyo yetiştiriş jarayoniga jalb etiş imkoniyatini yaratmoqda. Bir korxona rivojlansa, uning atrofida xomaşyo yetkazib beruvçilar, xizmat körsatuvçilar, taşuvçilar va savdo bilan şuğullanuvçilar uçun ham iş maydoni kengayadi.
Şu maʼnoda, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş faqat bir işbilarmonning faoliyatiga kömak beriş emas. Bu uning ortida turgan boşqa insonlar va oilalar uçun ham iqtisodiy imkoniyat yaratiş demakdir.
Baraka manbai — mehnat
Buxoro viloyatidagi töqimaçilik korxonasi rahbari Dilşod Bobojonov faoliyati misolida tadbirkorlikni rivojlantiriş, işlab çiqarişni kengaytiriş va yangi bozorlarga çiqiş uçun yaratilayotgan imkoniyatlarning yana bir muhim jihatini köriş mumkin.
Bu yerda gap faqat mahsulot işlab çiqariş haqida emas. Asosiy maqsad uning qöşimça qiymatini oşiriş, xalqaro bozordagi örni va raqobatbardoşligini mustahkamlaşdir.
Bugungi jahon bozorida sifatli mahsulot işlab çiqarişning özi kifoya qilmaydi. Uning dizayni, brendi, marketingi, xaridorlar işonçi va öz vaqtida yetkazib beriş tizimi ham muvaffaqiyatni belgilaydi.
Dilşod Bobojonov şu jihatlarni hisobga olib, jahonga maşhur Germaniyaning “Curt Bauer” brendini sotib olgan va mahsulotlarini mazkur nom ostida taşqi bozorga çiqarişni yölga qöygan. Mazkur korxona maxsus kiyimlar hamda turli sanoat tarmoqlari uçun kiyim-keçak işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Bu jarayonda bankning moliyaviy hamkorligi ham muhim örin tutgan.
Işlab çiqariş hajmining ortişi korxonaning xomaşyo, malakali işçi kuçi, transport va boşqa xizmatlarga ehtiyojini ham oşiradi. Yangi bozorlarga çiqiş esa quvvatlardan samarali foydalaniş, kelgusida işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş uçun zamin yaratadi.
Ayniqsa, mahsulotni öz brendi bilan sotiş korxonaga qöşimça qiymatning kattaroq qismini özida saqlab qoliş imkonini berişi mumkin. Bu esa uning moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş, yangi texnologiyalarga sarmoya kiritiş va bandlikni kengaytiriş uçun muhim omildir.
Albatta, xalqaro brendni sotib olişning özi muvaffaqiyat kafolati emas. Uning nufuzini saqlaş, mahsulot sifatini taʼminlaş va xaridor işonçini qozoniş uçun izçil mehnat zarur.
Buxorodagi bu tajriba mahalliy işlab çiqaruvçilarning jahon bozoridagi iştirokini kengaytiriş, sanoat korxonalarini rivojlantiriş va şu orqali yangi bandlik imkoniyatlarini şakllantiriş nuqtai nazaridan ahamiyatli.
Loyihadan iqtisodiy faollikka
Safarlar davomida körganlarim bir haqiqatni yanada ravşanlaştirdi. Iqtisodiy islohotlarning samarasi, avvalo, ularning mahalla va xonadonlarga qançalik yetib borayotganida namoyon böladi.
Prezidentimiz tomonidan banklar oldiga qöyilgan vazifalar ham şu nuqtai nazardan muhim ahamiyat kasb etadi. Banklar faoliyatini quyi böğinga tuşiriş, aholi va tadbirkorlar bilan bevosita işlaş, hududlarning iqtisodiy imkoniyatlarini aniqlaş va ularni amaliy loyihalarga aylantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugun bank vakillari mahallalar, xonadonlar, işlab çiqariş korxonalariga kirib bormoqda. Aholi va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar ötkazilib, ularning muammolari joyida örganilmoqda. Muhimi, bu uçraşuvlar faqat murojaatlarni tinglaş bilan çeklanmay, aniq loyihalarni şakllantiriş va amalga oşirişga xizmat qilmoqda.
Har bir hududning öz imkoniyati bor. Bir joyda tomorqaçilik va çorvaçilik uçun qulay şaroit bölsa, boşqa hududda hunarmandçilik, xizmat körsatiş, qayta işlaş yoki sanoat rivojlangan. Şu bois, barçaga bir xil moliyaviy mahsulotni taklif etiş bilan kutilgan natijaga erişiş qiyin.
Ana şu jihatdan hududlarning ixtisoslaşuvi, aholining mehnat könikmalari, resurslar va bozor talabiga mos moliyaviy mahsulotlar hamda tayyor biznes yeçimlarini taklif etiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada joylarda taşkil etilayotgan loyihalar ofislari, uskunalar markazlari ham alohida örin tutadi. Ularning asosiy vazifasi tadbirkorlik istagidagi insonga ğoyadan tayyor loyihagaça bölgan jarayonda amaliy kömak berişdir. Tayyor biznes işlanmalari orqali fuqaro qanday faoliyat bilan şuğullanişi, qança mablağ talab etilişi, qanday uskuna kerakligi, mahsulot tannarxi va kutilayotgan daromadni oldindan baholaş imkoniyatiga ega böladi.
Biroq tayyor loyiha va zamonaviy uskunaning özi ham muvaffaqiyat kafolati emas. Uni boşqaradigan insonda yetarli bilim, könikma va masʼuliyat ham bölişi zarur. Şu bois, aholini tadbirkorlikka öqitiş, moliyaviy savodxonligini oşiriş, xarajat va daromadni rejalaştiriş, bozor talabini örganiş ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Aholi bandligini taʼminlaşda ikki muhim yönaliş özaro uyğunlikda amalga oşirilmoqda. Birinçisi işsiz va doimiy daromad manbaiga ega bölmagan fuqarolarni öz imkoniyatlaridan foydalangan holda mehnat faoliyati va tadbirkorlikka jalb etiş bölsa, ikkinçisi faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş orqali yangi iş örinlarini oçişdir.
Bu ikki yönaliş bir-birini töldiradi. Keçagina işsiz yurgan inson bugun öz xonadonida daromad topa boşlasa, faoliyati kengaygan tadbirkor boşqa bir neçta oilani iş bilan taʼminlaydi. Birining tomorqasida yetiştirilgan mahsulot ikkinçisining korxonasi uçun xomaşyoga aylanadi. Şu tariqa kiçik taşabbuslar özaro boğlanib, mahallada iqtisodiy faollikni şakllantiradi. Albatta, har bir taşabbusning muvaffaqiyati bozor talabi, xomaşyo narxi, infratuzilma, logistika va boşqaruv könikmalariga ham boğliq.
Zero, iqtisodiy natijani faqat ajratilgan mablağ yoki loyihalar soni bilan baholab bölmaydi. Asosiy mezon loyiha qançalik barqaror işlayotgani, neçta odamni iş bilan taʼminlayotgani va aholi daromadiga qanday taʼsir körsatayotganidir.
Özgarişlar qanoti
Qaşqadaryodagi bir xonadonning tikuv maşinasidan Buxorodagi korxonaning xalqaro brendigaça bölgan masofa bir qaraşda ança olis. Ammo ularni birlaştirib turgan umumiy jihat bor. Bu inson taşabbusi, mehnati va yaratilayotgan iqtisodiy imkoniyatlarning özaro uyğunligi.
Kosonda oila öz imkoniyatlarini işga solib, bir neçta manbadan daromad topmoqda. Jizzaxda tomorqa egalari yetakçi tadbirkor bilan hamkorlikda iş boşlamoqda. Farğonada ehtiyojmand oila çorvaçilik orqali özini özi taʼminlaş sari qadam qöygan. Andijonda kiçik oilaviy işlab çiqariş kengayib, boşqalarni ham mehnatga jalb etmoqda. Buxoroda esa mahalliy korxona jahon bozorida öz örnini mustahkamlaşga intilmoqda.
Bu misollarning har biri iqtisodiy islohotlarning muayyan yönalişini ifodalaydi. Ularning zamirida Prezidentimiz yuritayotgan insonparvar siyosat, banklarning moliyaviy va taşkiliy kömagi, tadbirkorlarning izlanişi hamda odamlarning mehnati mujassam.
Albatta, hali yeçimini kutayotgan masalalar ham yöq emas. Boşlangan har bir işning barqaror davom etişi, yangi korxonalarning bozorda öz örnini topişi, aholi daromadining izçil ösişi doimiy eʼtibor va amaliy kömakni talab qiladi. Şu maʼnoda, banklarning mahallaga yaqinlaşişi şunçaki iş uslubi özgarişi emas. Bu iqtisodiy imkoniyatlarni odamlarga yaqinlaştiriş, taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va islohotlar samarasini har bir xonadonga yetkazişga qaratilgan muhim qadam.
Bunday hayotiy misollarni mamlakatimizning boşqa hududlaridan ham köplab keltiriş mumkin. Safarlar davomida körganlarimni xayolimdan ötkazar ekanman, Farğonadagi öşa xonadon manzarasi yana köz oldimga keladi. Ikki farzandining ertalab öz xonadonida soğilgan sutni içib, xursand holda maktabga ketganini sözlab bergan onaning çehrasidagi mamnuniyatni unutiş qiyin.
Kimlar uçun bu oddiy voqeadir, ammo öşa ona uçun farzandlarining quvonçi, rözğoridagi özgariş va ertangi kunga işonç söz bilan ifodalaş qiyin bölgan baxt edi. Şunday lahzalarda yana bir haqiqatni anglaysiz: mamlakat taraqqiyoti haqidagi katta raqamlar inson hayotidagi ana şunday kiçik, ammo qadri baland özgarişlar orqali özining asl mohiyatini namoyon etadi.
Mahalladan jahon bozorigaça bölgan yölning mazmuni ham aynan şunda. Bu yölda kimdir oilasi farovonligi uçun mehnat qiladi, kimdir yangi iş örinlari oçadi, yana kimdir öz mahsuloti bilan jahon bozoriga çiqadi.
Zero, iqtisodiy islohotlarning samarasi faqat yangi korxonalar barpo etiş, işlab çiqariş quvvatlari va eksport hajmi ortişi bilan emas, balki mehnati qadr topgan, öz imkoniyatlariga işongan, munosib daromad topib, ertangi kunini özi bunyod etayotgan insonlar hayotidagi özgarişlar bilan ham belgilanadi.
Xayrulla XOLTÖRAYEV,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, jurnalist