“Yangi Özbekistondagi islohotlar” degan jumlani eşitganimda beixtiyor köz oldimga Orol dengizining qurigan tubida kökka böy çözgan yaşil qoplama keladi. Bu yangi Özbekistonning haqiqiy yaşil möʼjizasidir!
Orol dengizining qurigan tubiga hayot qaytdi. Uni yangi davrning şiddatli va izçil yangilanişlari qaytardi. Xalqimiz suv — hayot deydi. Bu inkor etib bölmas haqiqat. Asl xalqçil yangilanişlar ham suv kabi insonlarga, hatto tabiatga ham yangi hayot baxş etar ekan. Buni mamlakatimizdagi özgarişlar misolida körib turibmiz. Fikrimni ilmiy asosdagi faktlar bilan ifoda etsam. Suvning muz, buğ kabi şakllari borligi maktab darsligida örgatiladi. Men esa uning yaşil qiyofasi ham bor deb bilaman. Yaʼni yaşil olam öz atrofida suv töplaydi. Yerdagi namlikni uzoqroq muddat saqlaydi. Buğlaniş evaziga yoğingarçilikka ijobiy taʼsir qiladi. Bunday ilmiy asoslangan faktlarni köpçilik yaxşi biladi. Xuddi şuningdek, haqiqiy islohotlar şaklan bir-biridan farq qilişi mumkin. Lekin uning natijasi bitta — xalqning farovonligiga xizmat qilib, orzu va intilişlariga yöl oçadi.
Yangi Özbekistonda ekologiyani asraş, uni kelajak avlodga zavolsiz yetkazib beriş borasidagi işlar buning yaqqol dalili. Quvonarlisi, Orolböyi hududidan boşlangan ekologik islohotlar bugun xalqaro darajada eʼtirof etilib, izçil davom etmoqda.
Şu örinda Prezidentimizning Antaliya şahrida bölib ötgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Jahon yetakçilari sammitining yalpi majlisidagi nutqini yodga oliş zarur. Mamlakatimiz yetakçisi bu safar ham juda muhim taşabbuslarni ilgari surdi. Ularning yönalişi va ketma-ketligini tahlil qilsangiz, juda katta hayotiy haqiqatlarni kaşf etasiz. Ular bir-birini töldiradigan va bugunimiz uçun muhim yönalişlar ekanini anglaysiz.
Xususan, birinçi öringa axborot yönalişi qöyildi. Bunda Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisida maʼlumot almaşiş infratuzilmasini yaratiş zarurati aytildi. Körib turibmizki, hozirgi global özgarişlar davrida eskiça usullarda işlab bölmaydi. Ekologik xatarlarni barvaqt aniqlaş, ularni hal etişning uzoq va yaqin istiqbolli loyihalari uçun tezkor axborot tahlili zarur. Bunda bir mamlakat yoki mintaqaning özi barça işni hal qila olmaydi. Zaminimiz bitta, uning iqlimi ham yagona tizimdir. Şu bois, davlatimiz rahbarining sekin-asta yuzaga keladigan tabiiy ofatlarni monitoring qiliş böyiça körsatkiçlar va ularga asoslangan qöşma mexanizmlarni şakllantiriş borasidagi taşabbusi muhim ahamiyatga ega. Yaʼni har bir mamlakat ekologik axborot berişda oçiq bölib, tahlillarni birgalikda şakllantiriş kerak. Buning uçun esa umumiy axborot maydoniga ehtiyoj seziladi. Davlatimiz rahbari aynan şu maydonni yaratiş taşabbusini ilgari surdi. Öz örnida axborotlar, tahlillar amaliy işlar orqaligina samarador böladi. Keyingi taşabbuslar aynan şu böşliqni töldirişga xizmat qiladi.
Prezidentimizning texnologik yönalişdagi taşabbusi Özbekistondagi ekologik islohotlarning xalqaro darajada davom etişini yana bir bor isbotladi. Taʼkidlanganidek, har yili Markaziy Osiyoning “Eco Expo” körgazmasi ötkazilyapti. Unda ilğor tajriba, istiqbolli innovatsiyalar taqdim etilmoqda. Bu körgazmani öziga xos xalqaro ilmiy kengaş deyiş mumkin. Yaʼni u katta salohiyatga ega mutaxassislarni bir maydonda jamlaydi. Endi bu körgazmani mintaqamizga mos zamonaviy ekologik yeçimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantiriş maqsad qilinyapti. Mana şuning öziyoq ekologik masalalar uçun juda katta yeçimlarni beradigan taşabbus böldi. Negaki, vaziyatni tahlil qiliş, uni kun tartibiga çiqariş birinçi masala bölsa, zamonaviy texnologiyalar orqali ularga yeçim beriş esa muhim natijadir.
Özbekiston yetakçisining yana bir taşabbusi moliyaviy yönalişni qamrab oldi. Ayni masala zanjir halqasidek bir-biriga boğliq taşabbuslarning muhim böğini. Yaʼni Markaziy Osiyo mahalliy şaroit va ehtiyojlar hisobga olinadigan barqaror moliya manbalariga ehtiyoj sezadi. Bu borada taraqqiyot banklari va maqsadli jamğarmalar bilan birgalikda Markaziy Osiyo uçun yangi kömak vositalari işlab çiqiş taklif etilyapti. Ular turli imtiyozli grantlar, “moviy” va “arid” moliyalaştiriş mexanizmlari körinişida böladi. Mintaqadagi bitta ekologik masala butun dunyo ob-havosiga taʼsir qilişi bor gap. Şunday vaziyatda mamlakatimiz rahbari dunyo hamjamiyatiga ekologik muammolarni birgalikda hal etişning aniq mexanizmlarini körsatib berdi.
Xalqimizda söz va amal birligi degan tuşunça bor. Yaʼni inson özi amal qilayotgan işlarga çaqiriq bilan çiqsa, boşqalar unga bajonidil javob beradi. Şu maʼnoda, Özbekiston yetakçisi ilgari surgan bu taşabbuslar xalqaro iqlim diplomatiyasida samimiy qabul qilindi. Çunki bugun mamlakatimizda tabiatni asraş borasida amaliy işlar bajarilyapti. Sanoat, işlab çiqariş qançalik jadal ösib borayotgan bölsa, uning ortidan keladigan ekologik masalalar yeçimi ham berib borilyapti. Mana bitta fakt: mamlakatimizda yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan gaz çiqindilarini 35 foiz qisqartiriş borasidagi maqsad muddatidan oldin bajarildi. Şuningdek, 2035-yilga borib, zararli çiqindilarni 50 foiz kamaytiriş böyiça yangi marra belgilandi. Umuman ekologik muammolar izçil ravişda ilmiy asos orqali hal qilinyapti. Buni yaşil möʼjiza — Orolning qurigan tubida taşkil etilayotgan örmonlar misolida ham köriş mumkin.
Şu örinda Orol qurişining fojiasi haqida qisqaça töxtalsak. Orol dengizining qurigan tubi 6 million gektarga yaqin maydonni egallaydi. Bu maydondan har yili havoga 150 million tonnaga yaqin tuz va qum kötariladi. Ular bulut bilan aralaşib, 1000 kilometrgaça olisga ketib, şör yomğir va qor körinişida yoğadi. Aynan şu orqali yerning degradatsiyasi, hosildorlikning pasayişiga sabab böladi. Odamlar nafas oladigan mayda tuzli çang bilan töyingan havo esa turli kasalliklarni keltirib çiqaradi. Şu faktning öziyoq Orol dengizining hayotimizda qançalik muhim ahamiyatga ega ekanini körsatadi. Biz uzoq yillar davomida bu masala haqida bong urdik. Lekin amaliy işlar deyarli bajarilmadi. Masalaga ilmiy-hayotiy yeçim körsatilmadi.
Yangi Özbekistondagi islohotlarning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz uşbu masalaga jiddiy eʼtibor qaratdi. Bu eʼtibor tez natija bera boşladi. Uşbu samaradorlikning bir neçta sababi bor. Avvalo, davlatimiz rahbari 2018-yil noyabrda Qoraqalpoğistonga taşrifida doirasida Möynoq tumaniga ham borgan edi. Bu taşrif xalqimiz qalbida işonç uyğotdi. Çunki Orolböyi aholisining dardu taşvişiga quloq tutildi. Hudud rivoji uçun katta loyihalar boşlandi. Öşanda bir haqiqatni anglaganman: mamlakatimiz yetakçisi nafaqat hududdagi vaziyatdan xabardor, balki mavjud masalalarga oqilona yeçimlarni ham olib kelgan ekan. Taşrif doirasida olim va mutaxassislar bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda dengizning qurigan tubidagi salbiy taʼsirni kamaytiriş böyiça fikr almaşildi. Yakunda dengiz örnida yaşil qoplama — himoya örmonlari barpo etiş böyiça mutasaddilarga tegişli körsatma va topşiriqlar berilgan edi. Bu işlar samara berişiga biz — mutaxassislar işonganmiz. Şu bois, bunday imkoniyat va eʼtibordan xursand bölganmiz. Çunki bu borada ilmiy işlanmalarimiz bor edi. Yangi taşabbus doirasida işlanmalar yanada puxta körib çiqildi. Davlatimiz rahbarining körsatmalari bilan iqlim va hududga yanada moslaştirildi. Lekin sohadan uzoq insonlarda şubha tuğilişi, qumda yaşillik unişiga işonçsizlik bölişi ham tabiiy edi. Işning kölami, şiddati mana şunday şubhalarga ham juda tez barham berdi.
Keçagiday yodimda: öşa yilning dekabridan boşlab yurtimiz böylab yangi harakat boşlandi. Mamlakatimizning barça hududi vakillari, Favqulodda vaziyatlar va Qişloq xöjaligi vazirliklari tizimi hamda örmon xodimlari qişning 25-30 darajali sovuğiga qaramay, amaliy işlarga kirişdi. Ana şu jarayonda xalqimiz birlaşsa, qanday quvvatga ega bölişini kördik. Bajarayotgan işidan zavq olayotgan kişi çarçoq va tösiqlarga eʼtibor qilmas ekan. Çunki qiyinçiliklarga qaramay, heç kimning tund qiyofada yurganini körganimiz yöq.
Ha, qiyin böldi. Yaşaş şaroiti yaxşi emasdi. Tabiiyki, biz faqat dengiz tubidagi vagonçalarda tunardik. Iş vaqtida esa izğirin zabtiga olardi. Ana şu sinovlarga qaramay, heç kim heç qaçon “menga qiyin bölyapti”, deb şikoyat qilmadi. Vodiy yoki vohadan kelgan haşarçilar “Oroldan ming çaqirim naridaman, menga nima zaril?” demadi. Hatto qattiq sovuq tufayli köpçilik kasal bölib, yuqori malakali tibbiy yordam olayotgan kezlarda ham yuzlarda öz işi, öz taqdiridan mamnunlik, rozilik körinib turardi.
Endi bajarilgan işlar kölamini köz oldingizga keltirsangiz, buning ortidagi zahmatli mehnatni his etasiz. Xususan, Orol dengizi tubining suvi qurigan hududlarida yaşil qoplamalar, himoya örmoni barpo etiş maqsadida dastlab 2018-yil kuz-qişi va 2019-yil bahorida yerni tayyorlaş işlari bajarildi. Orol dengizining suv qurigan tubidagi jami 461 ming gektar maydonda fitomelioratsiya işlari qilindi. Jumladan, 445,5 ming gektarda örmon barpo etiş uçun uruğ qadalib, köçat ekildi. Şundan 326,2 ming gektarga samolyot, 119,4 ming gektarga esa texnika yordamida uruğ qadaldi. Bundan taşqari, 15,3 ming gektarda köçat ekildi. Şu tariqa har yili kuz va bahor mavsumida ekiş işlari davom ettirildi. Işçi kuçlar va texnikalar jalb qilindi.
Mana şu işlar salmoğini köz oldimizga keltiriş uçun bitta taqqoslaş keltirsak. Aytilganiday, buta va daraxt uruğlari texnikalar yordamida ham sepildi. Buning uçun juda katta texnikalar karvoni olib kelindi. Möynoqqa, undan nari ötib, Orolning qurigan tubiga borganlar öşa yergaça traktorlarni olib borişning öziyoq qançalik azob ekanini yaxşi biladi. Tuproq va qumli yölning azobini tortib köribgina bunga baho beriş mumkin. Yana bir jihat: 15,3 ming gektar maydonga köçat ekildi. Bu taxminan standart ölçamdagi 21 ming 428 ta futbol maydoni degani. Yana bir qiyos: 500 gektar yeri bor fermer eng yirik xöjalik rahbaridir. Bu yerda gap 30 ta yirik fermer xöjaligi hududiga teng joy haqida ketmoqda. Orolning qurigan tubiga nisbatan kiçik körinişi mumkin, lekin bajariladigan işlar kölamiga qaraganda katta maydon hisoblanadi. Yaʼni qisqa muddatda mana şunday yirik, logistik imkoniyatlari nihoyatda çeklangan maydonga köçat ekiş oson keçgani yöq.
Joriy yil Orol dengizining qurigan tubidagi 115 ming gektar maydonda yaşil qoplama — himoya örmonlarini barpo etiş nazarda tutilgan. Ötgan yillarda barpo etilgan yaşil qoplamalarning ayrim joylarida unuvçanlik past bölgan holatlar ham kuzatilgan. Orolning qurigan tubidagi iqlim, tabiat injiqliklarini hisobga olsak, bu — kutilgan holat. Endigi vazifamiz — ana şunday joylardan 100 ming gektarida himoya örmonlarini töliq şakllantiriş. Uşbu örmon-melioratsiya tadbirlariga 730 texnika va mexanizm, xususan, 2 ta samolyot ajratilgan. Şuningdek, 622 işçi-xodim jalb etildi. Vazifani bajariş uçun 690,2 tonna uruğ jamğarilgan. Uruğlarni jamğarişda ham ilmiy asosdagi yeçimlar berilyapti. Yaʼni qayerlarga saksovul, qaysi joyda qorabaroq yaxşi unişi hisobga olingan. Buning uçun mutaxassislar tajriba maydonlari taşkil etib, har bir daraxt, buta uruğini sinovdan ötkazib kelmoqda. Mazkur hisob-kitoblar asosida 81,2 tonna saksovul, 609 tonna qorabaroq uruği jamlandi. Belgilangan hududning 116 ming 500 gektarida aviatsiya yordamida yaşil qoplama uçun uruğ sepildi. Bundan taşqari, unuvçanligi past bölgan 115 ming 30 gektarda işlar bajarildi. Jumladan, 2896 gektarga köçat, 112 ming 134 gektarga esa uruğ sepildi.
Muhimi, 2018-2026-yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubidagi jami 2 million 96 ming 900 gektar maydonda fitomelioratsiya işlari bajarildi. Bu işlar uçun çöl ösimliklarining 8564,2 tonna uruği tayyorlandi. Bular orasida saksovul, qorabaroq, qandim, çerkez va çöl yaylovi ösimliklari uruği bor.
Umuman olganda, 2018-yildan bugunga qadar Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektardan ortiq himoya örmoni barpo etildi. Ötgan yillarda Orolga yangi hayot bağişlaşga qaratilgan işlar umumxalq harakatiga aylandi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, qişloq va örmon xöjaligi xodimlari bilan birga yoşlar, nuroniylar, ziyolilar, bir söz bilan aytganda, butun xalqimiz faol iştirok etdi. Natijada hududda ilgari tez-tez kuzatiladigan qum-çang böroni keskin kamaydi. Havo tarkibidagi mayda qum zarralari miqdori esa 70-75 foiz qisqardi. Xullas, hozir Orol dengizi oçiq osmon ostidagi ilmiy laboratoriyaga, yangi ilmiy-amaliy ğoyalar va işlanmalar yaratiladigan innovatsion hududga aylanib bormoqda.
Şu yil 6-iyul kuni Prezidentimiz çöllanişga qarşi kuraşiş va çöl iqtisodiyotini rivojlantiriş, şuningdek, şaharlarda “yaşil şahar” tamoyillarini joriy etiş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi. Öşanda “çöl iqtisodiyoti” degan fikr ilgari surildi. Yaʼni çöldan qandaydir dividendlarga ega bölişimiz, nimadir olişimiz kerak. Bu borada biz ham özimizning loyihalarimizni işlab çiqdik. Daraxt bilan qoplangan va qurigan yer odamga foyda keltirişi zarur. Buni qanday amalga oşiriş mumkin? Yaylovlar yaratiş orqali. Yaylovlar barpo etiş uçun esa, tabiiyki, köçatzorlar, ozuqabop ösimliklar — çerkez, qorabaroq, qandim kabi yaylov ösimliklari bölişi lozim. Afsuski, Özbekistonda ozuqabop ösimliklarning uruğ köçatini yetiştiriş mumkin bölgan köçatxona yöq. Bu köp sabablarga boğliq. Demak, tegişli yer, suv va mutaxassislar kerak.
Örmon xöjaligi maxsus texnik bilimlarni talab qiladi. Ularni institutlarda oliş mumkin. Ayrim hollarda örmon xöjaligini sohadan uzoq odamlar boşqarayotganini köramiz. Bunday vaziyatda samaradorlik köngildagidek bölmaydi. Barça sohaning istiqbolini mutaxassislar belgilab beradi. Mamlakatimizdagi islohotlar samaradorligi siri ham şunda — barça öz işini bajaryapti yoki şunga yöl oçilyapti.
Jumladan, Prezidentimiz 14 ta yaşil texnikum taşkil etiş töğrisida farmon imzoladi. Mazkur hujjat asosida Qoraqalpoğistonning Ellikqalʼa tumanida şunday texnikum taşkil etilgan. U yerda örmon xöjaligi mutaxassislari, jumladan, texnik-örmonçilar, malakali işçilar tayyorlanadi. Yaʼni Orolböyi öz mutaxassislari bilan taʼminlanadi.
Biz juda katta maydonda yaylovlar barpo etişni niyat qilganmiz. Uning birinçi bosqiçi allaqaçon bajarildi. Yaʼni dengizning qurigan tubini qator köçatlar bilan mustahkamladik: har bir qator 10 metrga teng. Hozir qator oralariga ozuqabop ösimlik köçatlarini ekyapmiz. Ular kelasi yili uruğ beradi va şamol taʼsirida atrofga yoyiladi. Öz-özidan unib çiqa boşlaydi. Öylaymanki, 5-6 yilda, köpi bilan 7 yilda 500-600 ming gektar joyda yaylov barpo etamiz.
Ayni paytda bu juda jiddiy masala. Prezidentimizning “Yangi Özbekistonning “yaşil” taraqqiyot yöli” kitobining 329-betida “Çöl ozuqabop ösimliklari uruğ köçatlarini yetiştiriş böyiça hududiy markaz taşkil etiş...”, degan sözlar bitilgan. Prezidentimizning 2026-yil 25-martdagi “Yaşil makon umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida “Ozuqabop ösimliklar uruğ köçatlarini yetiştiriş böyiça mintaqaviy markaz taşkil etiş zarur”, deb körsatilgan. Bunday markazni Xöjayli örmon xöjaligida taşkil etiş reja qilingan. Dastlab u mintaqaviy markaz böladi. Ikki-uç yildan keyin xalqaro markazga aylanadi.
Yaqinda Möğulistonga borib keldim. Möğulistonlik mutaxassislar ham uşbu işlarda iştirok etiş istagini bildirdi. Bu özbek-qozoq-möğul markazi böladi. Butun Qoraqalpoğistonni ozuqabop ösimliklar köçatlari bilan taʼminlaymiz, ortiqçasini qöşni respublikalarga sotamiz. Buning uçun bizda barça asoslar, ilmiy tavsiyalar mavjud.
Ikkinçidan, Möynoqdan boşlab Qozoğistonning Kazalinsk şahrigaça ilmiy asosda ekoturizm rivojlantiriladi. Yaʼni sayyohlar 30-40 kilometr masofani bosib ötadi. Ularni örmonçi olim kutib oladi. Örmon xöjaligi haqida barça maʼlumotni aytib beradi. Ular dam oladigan, şubat içib, kuç töplaydigan ötov böladi. Undan nariga ötilsa, u yerda tuproqşunos, bu yerda biolog uçraydi. Şu tariqa ekoturizmning yangi yönalişi taşkil etiladi.
Bu ekstremal ekoturizm böladi. Sayyohlar otda, tuyada, kvadrotsiklda ilmiy-maʼrifiy tadqiqotlar ötkazadi. Hozir biz Qoraqalpoğistonda xalqaro yoşlar ekologik markazini taşkil etiş töğrisidagi nizomni işlab çiqyapmiz. Bu yerda turli davlatlardan yoş olimlar kelib, çöllanişga qarşi kuraşdagi usul va texnologiyalarimizni örganadi. Ilmiy izlanişlar olib boradi, ilmiy işlar yozadi. Yaʼni Qoraqalpoğiston ilmiy markazga aylanadi. Şu yerda xalqaro iqlim himoyasi uçun muhim taşabbuslar tuğilib, butun dunyoga quloç yozadi. Ha, ilgari çet elga borib, ularning tajribasini örgangan bölsak, endi ular bizga kelib malaka oşiradi. Bu allaqaçon hayotda öz aksini topa boşladi. Qozoğistondan uçta delegatsiya kelib tajribamizni örgandi. Bundan taşqari, Germaniyadan ham talabalar keldi.
Şu örinda bir tarixiy voqeani yodga olmoqçiman. Bir neça yil oldin Dubayda bölib ötgan COP-28 tadbirlarida erişgan yutuqlarimiz haqida maʼruza qildim. Janubiy Koreyadan kelgan Nobel mukofoti sovrindori sözga çiqib, bunday dedi: “Özbekistonliklar — qahramon xalq! Ular suvsiz, çirindi yöq, tuproği kamquvvat joyda şunday örmon barpo eta oldi. U yerda hayvonot ham, ösimlik ham bor. Bu xalq Nobel mukofotiga loyiq!”.
Yangi Özbekistondagi islohotlarning bunday eʼtirofi bizni yanada kuçli, şijoatli bölişga undaydi. Şu intiliş bilan yangi loyihalarni amalga oşiramiz. Bunga bilimimiz ham, tajribamiz ham, salohiyatimiz ham yetarli. Aytmoqçimanki, bu Öz yerimiz, Öz vatanimiz! Uning taqdiri uçun kelajak avlodlar oldida masʼulmiz. Bolalarga nima qoldiramiz? Mana bu şörxok qum barxanlarinimi? Yöq! Biz ularga yaşil mamlakatni qoldiramiz!
Unda odamlar quvnoq, baxtli yaşaydi. Boşqa davlatlardagilar Özbekiston kabi gözal mamlakatda yaşayotganimizga havas qiladi. Şuning uçun biz hozir Öz işimizni, burçimizni Öz sadoqatimiz bilan ado etyapmiz.
Zinoviy NOVISKIY,
Orolning qurigan tubini örmonlaştiriş dasturi rahbari, qişloq xöjaligi fanlari doktori, akademik