Uçraşuvda ikki davlat örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, xususan, transport-logistika aloqalarini kengaytiriş, xalqaro yuk taşuvlarini yengillaştiriş va çegara ötkaziş punktlari faoliyatini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Toşkent–Aşxobod–Toşkent yönalişida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş hamda çegaradoş hududlar aholisi uçun 2004-yilgi hukumatlararo bitimda nazarda tutilgan uç sutkagaça vizasiz qatnov tartibini tiklaş yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, konsullik sohasida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, vakolatli idoralar örtasida axborot almaşinuvini takomillaştiriş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalarni tegişli idoralar bilan birgalikda işlab çiqiş va amaliy hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.