Hisob-kitoblarga köra, dunyoda 11–17 yoşdagi qariyb 240 million ösmir, yaʼni ularning har tört nafaridan biri sörovda baholangan haftaning heç bir kunida yetarliça jismoniy faol bölmagan. Bu ularning umuman harakat qilmaganini anglatmaydi. Gap kun davomida faol harakatga sarflangan jami vaqt xususida bormoqda.

Haftaning barça yetti kunida kamida 60 daqiqadan faol bölgan ösmirlar uluşi esa 14 foizni taşkil etgan.

Nega bu biz uçun muhim?

Muntazam jismoniy faollik bolalarning suyak va muşaklari rivojlanişini, yurak-qon tomir salomatligini qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek, fikrlaş va örganiş qobiliyatiga, ruhiy salomatlikka ijobiy taʼsir körsatadi.

Xöş, bola kun davomida qança va qanday harakat qilişi kerak? JSST bu borada quyidagilarni tavsiya etadi.

5–17 yoşdagi bolalar va ösmirlar kuniga kamida bir soat örtaça yoki yuqori darajada jismoniy faol bölişi lozim.

Faollikning asosiy qismini yurak urişi va nafas olişni tezlaştiradigan aerob harakatlar taşkil etişi kerak.

Haftasiga kamida uç kun muşak va suyaklarni mustahkamlovçi maşqlar bilan şuğullaniş muhim.

SSV Matbuot xizmati.