Maʼlum bölişiça, 2002–2004-yillarda tuğilgan ikki yigit Instagram ijtimoiy tarmoğida sahifa oçib, uni muntazam ravişda avtomobil poygalari va öqotar qurol bilan tasvirga olingan videolar bilan boyitib kelgan.

Ularga Karmana tumani va Navoiy şahrida yaşovçi yana sakkiz nafar avtomobil poygasi işqibozi qöşilgan. Guruh aʼzolari avtomobillarining oynalarini qoraytirib, davlat raqam belgilarini yeçib taşlagan holda drift harakatlarini amalga oşirgan. Uşbu jarayon aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvçilarning eʼtirozlariga sabab bölgan.

Holat yuzasidan ötkazilgan tekşiruvlarda videolarda köringan qurol haqiqiy emasligi aniqlangan. Avtotransport vositalari jarima maydonçasiga joylaştirilgan.

Yiğilgan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudiga taqdim etilgan. Sud majlisida iştirokçilarning körsatmalari tinglanib, daliliy aşyolar va videoyozuvlar atrofliça örganilgan.

Sud mazkur harakatlarni jamoat tartibini va fuqarolar osoyiştaligini buzuvçi, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan bezorilik deb baholadi. Natijada huquqbuzarlar Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sud jarayonidan keyin yigitlar qilmişlaridan puşaymon ekanini bildirib, boşqalarni ham bunday harakatlardan tiyilişga çaqirdi.

Ulardan biri ijtimoiy tarmoqlarda maşhur böliş istagi uning uçun qimmatga tuşganini, uşbu voqeadan keyin işidan ayrilganini va avtomobili bir neça kundan beri jarima maydonçasida turganini aytdi.

«Qilgan işimdan afsusdaman. Heç kimga bunday işni maslahat bermayman. Bu video, ayniqsa menga qimmatga tuşdi. Xalqimdan, ota-onamdan keçirim sörayman», — dedi u.

Uşbu holat ijtimoiy tarmoqlarda eʼtibor qozoniş va layk töplaş maqsadida qonunbuzarlikka qöl urişning oqibati jiddiy bölişini yana bir bor körsatdi.

Zero, kontent va obunaçilar soni jamoat xavfsizligi hamda qonun talablaridan ustun emas. Qonun ustuvor, javobgarlik esa muqarrardir.