Şahar markazlarida yaşillikni kamida 30 foizga çiqariş, maktab, boğça va şifoxonalar atrofini jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qiliş vazifasi bugungi davrning qatʼiy talabidir.

Bu uluğvor maqsadlar ijrosida yillar davomida şakllangan eski tizim xatolariga yöl qöyib bölmaydi. Million-million köçat ekilgani haqidagi balandparvoz hisobotlar ortidan quviş amaliyoti öz ahamiyatini butunlay yöqotdi. Kampaniya­bozlik oqibatida bahorda şov-şuv bilan ekilib, yozda qarovsizlikdan qurib çöpga aylanayotgan nihollar taqdiri ekologik masʼuliyatni yangiça asosda taşkil etişni taqozo etmoqda. Jamiyatga quruq raqamlar örniga ildiz otib, hayotiy zanjirni tiklaydigan daraxtlar zarur.

Davlatimiz rahbari joriy yil

21-sentyabr kuni “Yaşil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqiçga olib çiqiş, mahallalarda aholi uçun qulay ekologik muhit yaratiş va innovatsion yeçimlarni joriy etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi. Endilikda kökalamzorlaştiriş işlari samaradorligi faqat ekilgan köçatlarning bir, uç va beş yildan keyingi real holati asosida baholanadi. Bu talab sohaga munosabatni tubdan özgartirib, bir kunlik mavsumiy tadbirlar örnini uzoq muddatli parvariş tizimi egallaşini taʼminlaydi. Ilgari hisobotlarda asosiy raqam sifatida körsatilgan köçatlar soni öz qimmatini yöqotib, nihollarning saqlanişi hamda tabiiy ösişi asosiy natija mezoniga aylanadi.

Yangi tizimning asosi bevosita yerni tayyorlaş jarayoni bilan boğliq. Bunda hududning öziga xos iqlimi, tuproq tarkibi va suv imkoniyatlari oldindan töliq örganiladi. Köçat ekiş muddatlari soha olimlari tavsiyalari hamda ob-havo şaroitidan kelib çiqib belgilanadi. Asosiy ustuvorlik mahalliy iqlimning sovuq va issiq haroratlariga, şuningdek, suv tanqisligiga çidamli daraxt turlariga beriladi. Eng muhimi, yerga qadalgan har bir nihol kamida uç yil davomida davlat va jamoatçilik nazoratida uzluksiz parvarişlanadi.

Bu borada taşkil etilayotgan “yaşil xarita”lar rejalaştiriş işlarini raqamlaştirişga xizmat qiladi. Uşbu raqamli hujjatlarda köçatning turi, ekiladigan manzili va suğoriş tizimlari aniq aks ettiriladi. Natijada har bir daraxtning qayerda va qanday şaroitda ösişi oldindan loyihalaştiriladi. Harakatning bevosita mahallalar içiga kirib borişi daraxtning taqdirini uni saqlovçi aniq egasiga topşiriş istagi bilan izohlanadi. Aynan şu maqsadda yölga qöyilayotgan “Yaşil mahallam” das­turi ekologik masʼuliyatni har bir fuqaroning kundalik hayotiga yaqinlaştiradi.

Endilikda mahallalarning öz buyurtmalari asosida hududlarga sifatli köçatlar, organik öğitlar va suv tejovçi zamonaviy suğoriş vositalari tizimli ravişda yetkazib beriladi. Daraxtlarni turli kasalliklar hamda zararkunandalardan himoya qiliş böyiça maxsus xizmatlar körsatiş yölga qöyiladi. Aholiga köçat tanlaş, töğri ekiş va parvariş­laş sirlarini örgatiş uçun har bir mahallaga alohida örmonçi murabbiylar biriktiriladi. Uylar, maktablar va boğçalar oraliğidagi böş maydonlarda barpo etiladigan kiçik daraxtzorlar hamda jamoat boğlari mahalliy jamoaning umumiy, daxlsiz mulki sifatida yurtdoşlarimizning soğlom hayot muhitini şakllantiradi.

Jarayonda natijadorlikni aniq nazorat qiliş maqsadida mahallalarning “yaşil reytingi” joriy etilmoqda. Bunda yaşil maydonlar uluşi, aholi soniga nisbatan daraxtlar soni, yangi köçatlarning tutib ketiş darajasi va fuqarolarning faolligi asosiy baholaş mezonlari böladi. Eng yuqori natija körsatgan mahallalarni mahalliy byudjetdan qöşimça mablağ hamda ekologik loyihalar uçun maxsus mikrograntlar bilan rağbatlantiriş tizimi yölga qöyilmoqda.

Jahon tajribasida sinalgan “3-30-300” tamoyilining milliy amaliyotga kiritilişi yaşil muhitni inson manfaatlari nuqtai nazaridan baholaş imkonini beradi. Mazkur qoidaga köra, har bir fuqaro özi yaşaydigan, işlaydigan yoki öqiydigan maskandan kamida uçta daraxtni köra olişi şart. Şuningdek, aholi yaşaş hududlarining kamida 30 foizi töliq daraxtlar soyasi bilan qoplanişi zarur. Asosiysi, eng yaqin yaşil dam oliş maskani yoxud jamoat boği har bir xonadondan uzoği bilan 300 metr masofada joylaşişi közda tutilmoqda. Uşbu raqamlar zamirida oddiy inson hayoti, kundalik qulayliklar, bolalar soğliği va piyoda yuriş uçun mos bölgan soğlom muhit yaratiş maqsadi mujassam.

Mazkur tizimning yana bir muhim jihati barça hududlar uçun bir xil, anʼanaviy qoliplardan butunlay voz keçilganida körinadi. Özbekistonning har bir göşasi öziga xos iqlim, tuproq va suv imkoniyatlariga ega bölib, şaharsozlik şaroitlari farq qiladi. Şu sababli loyihalar bevosita hudud xususiyatlariga moslaştirildi. Toşkent şahrining Yangihayot tumani, Buxoro viloyatining Olot va Samarqand viloyatining Urgut tumanlari uçun alohida işlab çiqilgan yeçimlar bu fikrni töliq tasdiqlaydi.

Misol uçun, sanoat korxonalari ziç joylaşgan Yangihayot tumanida asosiy ­eʼtibor havo sifatini yaxşilaş va taşlanmalarni kamaytirişga qaratilgan. Bu yerda mahalla va jamoat boğlari bilan birga işlab çiqariş zonalari atrofida maxsus yaşil belboğlar barpo etilmoqda. Sizot suvlarni yiğib qayta suğorişda foydalaniş, organik çiqindilardan kompost tayyorlaş texnologiyalari joriy etilmoqda.

Qatʼiy çöl iqlimi va suv taqçilligi mavjud bölgan Olot tumanida esa suvni minimal darajada talab qiluvçi ösimliklar hisobiga yaşil qoplama kengaytirilmoqda. Hududda mahalliy köçatçilik xöjaliklari, şörga hamda qurğoqçilikka çidamli daraxtlar östiriladigan dendrologiya boğlari yaratilib, avtomobil yöllari va kanallar böylab kuçli himoya daraxtzorlari tizimi taşkil etilmoqda.

Toğ va toğoldi ekotizimga ega Urgut tumanida mavjud tabiiy imkoniyatlardan unumli foydalanilmoqda. Sanoat va temir yöl tarmoqlari atrofidagi yaşil hududlardan taşqari Omonqöton milliy tabiat boğida mahalliy daraxt va buta uruğlari asosida tabiiy ösimlik qoplamasini tiklaş çoralari körilmoqda.

Uşbu uç xil tajriba olib keladigan boş xulosa bitta: çöl şaroitida suv tejovçi yeçimlar, sanoat hududida havoni tozalovçi belboğlar, toğli hududda esa tabiiy florani tiklaş ustuvor vazifadir. Demak, samarali kökalamzorlaştiriş işlari, avvalo, ona tabiatning tilini va qonuniyatlarini teran tuşunişdan boş­lanadi.

Bugun ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar jarayonning ajralmas qismiga aylanmoqda. Hududlarga mos soğlom köçatlarni köpaytiriş maqsadida

in-vitro laboratoriyalari va zamonaviy köçatxonalar taşkil etiş taşabbusi ilgari surildi. Ayni paytda suvni köp talab etadigan manzarali çimzorlarni ­qurğoqçilikka çidamli ösimliklar bilan bosqiçma-bosqiç almaştiriş orqali suv resurs­lariga tuşadigan bosimni kamaytiriş maqsad qilingan.

Yangi texnologiyalar orasida sunʼiy intellekt imkoniyatlariga asoslangan “Yaşil AI” moduli alohida örin tutadi. Tajriba tariqasida işga tuşiriladigan uşbu tizim tuproq, iqlim va suv taʼminotini tahlil qilib, köçat ekiş uçun maqbul maydon hamda daraxt turi böyiça ilmiy asoslangan tavsiyalar şakllantiradi. Raqamli texnologiyaning imkoniyatlari köçat tanlaş bilan çeklanib qolmaydi. Daraxtlarning quriş xavfi, suv tanqisligi, kasallik va zararkunandalar tahdidini erta aniqlaş, masʼullarni ogohlantiriş hamda natijalarni yagona elektron xaritada kuzatiş imkoniyati yaratiladi. Bu tizim daraxtning ekilişidan keyingi butun hayotini nazoratga olişga xizmat qiladi.

Ekologlar oldiga qöyilgan vazifalar çöllanişga qarşi kuraş va degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş bilan bevosita boğlanmoqda. Çöl hududlardagi yer resurs­lari va dorivor ösimliklar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, yaylovlarda xususiy sektor iştirokida qöşilgan qiymat yaratadigan loyihalarni yölga qöyiş belgilangan. 2027-yil 1-iyulga qadar har bir hududda mana şunday namunaviy loyihalar töliq amalga oşiriladi. Bu yondaşuv tabiatni muhofazalaş bilan iqtisodiy imkoniyatlarni yaqinlaştirişga xizmat qiladi. Tiklangan yer, samarali foydalanilayotgan yaylov, köpaygan ösimlik qoplami va yangi investitsiyaviy loyihalar bir butun jarayonning muştarak natijalari hisoblanadi.

Şu nuqtada törtinçi milliy dasturning keng qamrovli mazmuni yaqqol körinadi. Suvni tejaş, yaşil hududlarni kengaytiriş, mahallalarda qulay muhit yaratiş hamda ilm-fan yutuqlarini jalb etiş bir-biridan ayro vazifalar emas. Ular tabiat va inson örtasidagi munosabatni mutlaqo yangi asosda qurişga xizmat qiladi.

Bugun yerga qadalayotgan niholning qiymati uning hisobotda qayd etilgan soni bilan ölçanmaydi. Uning asl bahosi yillar ötib, soya berganida, havoni musaffo qilganida, suvni tejab ösganida va köçalarimizga çinakam fayz kiritganida namoyon böladi. “Yaşil makon” loyi­hasining yangi bosqiçi jamiyatda aynan mana şunday soğlom ekologik qaraşni şakllantirmoqda. Tabiat uçun qilingan mehnatning natijasi bir mavsum bilan çeklanmaydi. Uning ijobiy samarasi yillar davomida inson hayotida aks etadi. Kelajak avlodga qoladigan soğlom yaşil muhit esa bugun qabul qilinayotgan oqilona qarorlarning uzoq muddatli va bebaho natijasidir.

Sardor TOLLIBOYEV,

“Yangi Özbekiston” muxbiri