Quritilgan mevalar bilan çoy içiş yoqimli. Ularni yölga, öqişga yoki işga olib çiqiş qulay. Biroq, ovqatlanişga jiddiy eʼtibor beradigan odamlar ular yangi meva va rezavorlarga qaraganda bir neça barobar kaloriyali ekanligini yodda tutişlari muhim.
Quritiş jarayonida mevalardan amalda kaloriyasi bölmagan namlik çiqib ketadi. Natijada ular oziqa moddalarini saqlagan holda massasi va hajmi jihatidan juda kamayadi.
Bundan taşqari, baʼzi işlab çiqaruvçilar quritilgan mevalarga şakar qöşadi, bu ayniqsa klyukva, çernika, olça, mango va ananasda tez-tez uçraydi. Uşbu maʼlumotni xarid paytida yorliqda tekşiriş maqsadga muvofiq.
Endi maşhur mevalar kaloriyasi quritilgandan keyin qanday özgarişini körib çiqamiz. Masalan, bir piyola ananasda (165 gramm) 99 kilokaloriya bor, quritilganida (160 gramm) bu körsatkiç 555 kilokaloriyani taşkil qiladi. Farq – 5,6 barobar.
Şunga öxşaş holat olça mevasida ham körinadi — 533 kilokaloriyaga qarşi 107 kilokaloriya. Energetik qiymati beş barobar ortadi. Quritilgan mango odatdagidan 5,2 baravar kaloriyali — 99 va 510 kilokaloriya.
Çernika kaloriyasi taxminan 5,3-marta — 96 dan 507 kilokaloriyagaça oşadi. Klyukva yanada kuçliroq taassurot qoldiradi — 46 va 493 kilokaloriya. Yaʼni 10-martadan köproq!
Turşak örikdan taxminan 5,2-marta (74 va 386 kilokaloriya) kaloriyali.
Uzum va mayiz örtasidagi farq atigi 3,8-marta — 125 va 478 kilokaloriyani taşkil etadi. Turşak örikdan taxminan 5,2-marta (74 va 386 kilokaloriya) kaloriyali. Olxöri (71 kilokaloriya) va qora olxöri (384 kilokaloriya) ham şunga öxşaş körsatkiçlarga ega. Farq 5,4-martaga yetadi.
Olma bilan boğliq qiziqarli vaziyat yuzaga keldi. Bir höl olma kaloriyasi 76 kilokaloriya, quritilgani esa 219 kilokaloriyaga teng. Farq kiçik körinadi – atigi 2,9 barobar. Biroq, massaga eʼtibor qaratiş lozim — 125 va 90 gramm. Qolgan köpçilik mevalarda esa körsatkiçlar 150—160 gramm atrofida özgarib turgan.
Infografikani yaratişda mualliflar AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan yaratilgan “Parhez tadqiqotlari uçun oziq-ovqat va ozuqa moddalari maʼlumotlar bazasi”dan foydalangan.