"Oltin töp"ning beş karra sohibi bölgan futbolçining gol urgandan keyingi öziga xos bayramona harakatini aks ettiruvçi haykal taşkilotçilar tomonidan dunyodagi futbolçilarga bağişlab örnatilgan eng baland haykal sifatida taqdim etilmoqda. U joriy yilning dekabr oyi oxiriga qadar tomoşa qiliş uçun oçiq böladi.
Umumiy maydoni qariyb 3 ming kvadrat metrni taşkil etuvçi körgazma majmuasi Şanxayda bir yil davomida faoliyat yuritadi. Ekspozitsiya 10 ta tematik hududga bölingan bölib, 15 ta installyatsiyani öz içiga oladi. Ularda sportçining Madeyra orolidagi ilk öyinlaridan tortib, jahon miqyosidagi maşhurlikka erişguniga qadar bölgan hayot yöli aks ettirilgan, deb xabar berdi Kazinform.
Zallarda asl sovrinlar, futbol öyinlarida kiyilgan futbolkalar, butsalar, şuningdek, futbolçining bolalikdagi xonasi qayta tiklangan körinişda namoyiş etilgan. Taşrif buyuruvçilar uçun sunʼiy intellekt avatari bilan suratga tuşiş va darvozaga zarba beriş simulyatori kabi interaktiv hududlar ham taşkil etilgan.
Taşkilotçilar maʼlumotiga köra, loyihaning megapolisning asosiy savdo köçasida işga tuşirilişi sayyohlar oqimini köpaytiriş va hududdagi tijoriy faollikni rağbatlantirişga qaratilgan.