Foydalanuvçilarga platforma imkoniyatlari çeklangani sababli yetti kundan ortiq vaqt davomida foydalanilmagan uzun suhbatlar töxtatilişi haqida xabar berilgan. Bunday sessiyalarni endi davom ettiriş imkoni bölmaydi.
Kompaniya, şuningdek, sörovlar uzunligi çegarasini taxminan 40 000 ta belgisigaça qisqartirdi va kunlik kvotalarni joriy qildi. Kunlik çeklovga yetilganda, ekranda tizim serverlariga tuşayotgan yuklama oşgani va kvota tugagani haqida xabar paydo böladi.
Uşbu çeklovlarning joriy etilişiga texnik nosozliklar köpaygani sabab bölmoqda. Oktyabr oyidan beri çat xizmati, şuningdek, V4 Pro va V4.1 Flaş modellarining API interfeyslari qisman işdan çiqişi bilan boğliq kamida beşta holat qayd etilgan. Eng uzoq davom etgan uziliş 15-oktyabr kuni sodir bölib, beş soat davom etgan.
Yangi çeklovlar faqat mobil ilovalar va veb-versiyaga taalluqli. Işlab çiquvçilar uçun möljallangan dasturiy interfeysdan esa pullik tarif asosida çeklovlarsiz foydalaniş mumkin, deb xabar berdi Kazinform.
Yangi çeklovlar joriy etilganidan söng, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari DeepSeek kompaniyasini boşqa yirik til modellarini işlab çiquvçilar tajribasidan kelib çiqib, kengaytirilgan imkoniyatlarga ega va barqaror işlaşi kafolatlangan pullik obunalarni joriy etişga çaqirdi.
Yozda DeepSeek 7,4 milliard dollar investitsiya jalb etib, Xitoydagi eng qimmat sunʼiy intellekt startapiga aylangan edi.
Şuningdek, oktyabr oyida DeepSeek asosçisi Lyan Venfen Xitoyning eng boy 10 nafar tadbirkoridan biriga aylangan edi.