Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.

Eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri — "Song sulolasi qurolli kuçlari" seriali. Qadimiy Xitoyga borib qolgan zamonaviy harbiy xizmatçilar haqidagi hikoya 4 milliarddan köproq körildi.

Loyiha ustida atigi olti kişidan iborat jamoa işlamoqda. Ular allaqaçon har biri ikki daqiqadan oşmaydigan mingta epizodni suratga olişgan.

Sunʼiy intellekt işlab çiqariş xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirdi. Soha mutaxassislarining fikriga köra, yuqori sifatli sunʼiy intellekt serialini suratga oliş anʼanaviy suratga olişdan taxminan 10 baravar arzon. Bundan taşqari, 100 ta qisqa metrajli epizoddan iborat serialni atigi uç kun içida tayyorlaş mumkin.

2026-yilning dastlabki ön oyida Xitoyda 550 mingga yaqin qisqa metrajli seriallar çiqarildi. Ularning 94 foizdan ortiği sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan. Dastlabki beş oy içida bozor hajmi 22 milliard yuandan oşdi, deb xabar berdi Kazinform.

Ommabopligiga qaramay, loyihalarning aksariyati hali ham xarajatlarni oqlamayapti. DataEye tahlil kompaniyasining maʼlumotlariga köra, sunʼiy intellekt seriyalarining atigi 1,3 foizi foyda oliş uçun zarur bölgan köriş darajasiga yetadi.

Ekspertlar syujetlarning monotonligi, personaj obrazlarini yaratişdagi xatolar va yuqori raqobatni sohaning asosiy muammolari deb ataşadi. Sohaning jadal rivojlanişi tufayli Xitoy rasmiylari bunday kontent sifati ustidan nazoratni kuçaytirmoqda.