Adliya vazirligi maʼlumotiga köra, arbitraj tribunali 2026-yil 26-oktyabr kuni mazkur iş yuzasidan qaror qabul qilgan. Unga muvofiq, daʼvogarlarning Özbekistonga nisbatan bildirgan barça talablari qanoatlantirilmagan.
Uşbu investitsiyaviy nizo 1992-yilda Özbekiston va Turkiya örtasida tuzilgan investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisidagi ikki tomonlama bitim asosida kelib çiqqan. Arbitraj jarayoni 2021-yil iyun oyida boşlangan bölib, qariyb beş yil davom etgan.
Qayd etilişiça, arbitraj tribunali qarori nizolaşuvçi tomonlar uçun yakuniy hisoblanadi.
Mazkur işda Özbekiston davlat manfaatlarini Adliya vazirligi hamda AQŞning «Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle» xalqaro yuridik kompaniyasi himoya qilgan.