Bill Geyts “The Verge” naşriga bergan intervyusida hozirda inson mehnati talab qilinadigan köplab vazifalarni tez orada robotlar bajara olişini aytdi. Masalan, uylar quriş, oziq-ovqat yetiştiriş va jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş şular jumlasidan.
Geytsning hisob-kitoblariga köra, agar sunʼiy intellektning rivojlanişi sekinlaşmasa, bu taxminan 20 yil içida sodir böladi. Bunda robotlar mehnati arzonroq va samaraliroq amalga oşadi. Inson mehnati esa köpçilik tovarlarni işlab çiqariş va turli xizmatlar körsatiş uçun kerak bölmay qoladi.
Hammuassis fikriça, bu tovarlar narxining pasayişiga, tibbiy yordam sifatining yaxşilanişiga va taqçillikning kamayişiga olib kelişi mumkin. Biroq, bunday ötiş malaka kamroq talab qilinadigan işçilar uçun oğriqli bölişi mumkin.
Gumanoid robotlar, öz navbatida, jismoniy mehnatga, jumladan, quriliş va qişloq xöjaligiga xuddi şunday bosim ötkaza oladi.
Aqliy mehnatning ayrim sohalarida buni yaqin kelajakda köriş mumkin. Masalan, sunʼiy intellekt telefon orqali nimadir sotişi, mijozlarga xizmat körsatişi va buxgalteriya hisobini yuritadi. Şu bilan birga, texnologiya bu vazifalarni ança arzon, tez va aniqroq bajaradi. Va Geyts taxminiga köra, sunʼiy intellekt inson aql-zakovatidan yuqori darajaga yetganda, aqliy mehnat xodimlari tanqisligi yöq bölib ketişi kutilayapti.
Gumanoid robotlar, öz navbatida, jismoniy mehnatga, jumladan, quriliş va qişloq xöjaligiga xuddi şunday bosim ötkaza oladi. Robototexnikaga investitsiyalar, ayniqsa, Xitoyda ösib bormoqda. Geytsning fikriça, bu kam xarajat bilan jismoniy işni bajara oladigan maşinalarni yaratiş mumkinligidan dalolat beradi.
Şu bilan birga, Geyts avtomatlaştiriş faqat salbiy oqibatlarga olib keladi, deb taʼkidlamaydi. Robotlar arzonroq uy-joylar qurişi mumkin, sunʼiy intellekt kasalliklarni davolaş usullarini işlab çiqişda yordam beradi. Ha, texnologiyalar hayot darajasini oşirişi va asosiy xizmatlarni arzonlaştirişi mumkin. Biroq, mavjud iş örinlari yöqolib borayotgan yoki özgarayotgan bir paytda, afzalliklar qanday taqsimlanadi, degan savol tuğiladi.
Geyts uni ğoliblar va mağlublar paydo böladigan ötiş davri taşvişga solayotganini tuşuntirdi. Bu vaqtda muammolar yuzaga keladi deya fikr bildirdi u.
Iş insonga faqat maoşgina olib kelmaydi. U maqsad tuyğusini beradi, hayot tartibiga va hamkasblar bilan munosabatlarga taʼsir körsatadi. Agar maşinalar aqliy va jismoniy mehnatning köp qismini öz zimmasiga olsa, jamiyat bandlik, daromad va hayot mazmunini izlaşning murakkab masalalarini hal qilişi kerak böladi deya yozadi naked-science.ru.