Kompaniya matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p yillik tadqiqotlardan so‘ng, Suncatcher loyihasi orbitadagi birinchi sinoviga tayyor. Uning davomida Googlening Tensor Processing Unit (TPU) protsessorlari orbitada sinovdan o‘tkaziladi.
Loyihaning asosiy maqsadi — sun’iy intellekt infratuzilmasi bilan jihozlangan sun’iy yo‘ldoshlarni Yerning past orbitasiga chiqarish. Kompaniyaning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, kosmik qurilmalar Yerdagi qurilmalarga qaraganda 8 baravar ko‘proq energiya ishlab chiqarishi mumkin.
TPU protsessorlari bilan jihozlangan birinchi sun’iy yo‘ldosh 2026-yil 1-oktabrda uchiriladi. U Planet tomonidan SpaceX bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Transporter-18 kosmik kemasi tomonidan orbitaga yetkaziladi, deb xabar berdi Kazinform.