Yangi texnologiyalar Xunan viloyatining Çanşa şahrida bölib ötgan sunʼiy yöldoş maʼlumotlaridan foydalanuvçilar konferensiyasida taqdim etildi. Ular Xitoyning "Fenyun" meteorologik sunʼiy yöldoşlaridan olingan maʼlumotlar asosida işlab çiqilgan, deb xabar berdi Kazinform.
Taqdim etilgan tizimlardan biri töfonlarni tahlil qilişga möljallangan. U böronning joylaşuvi, tuzilişi, jadalligi va özgarişlarini avtomatik ravişda aniqlaydi. Sunʼiy intellekt modeli tayfunning yettita xususiyatini aniqlab, natijalarni har 15 daqiqada yangilaydi. Tahlil natijalarini esa matn şaklida atigi 27 soniyada tayyorlaydi.
Ikkinçi tizim çaqmoq, kuçli şamol va jala bilan birga keçadigan kuçli konvektiv hodisalarni qisqa muddatda prognoz qilişga möljallangan.
Buning uçun tizim "Fenyun-4" sunʼiy yöldoşining sönggi ikki soat davomidagi uzluksiz kuzatuv maʼlumotlaridan foydalanadi. Sunʼiy intellekt bulutlarning keyingi özgarişlarini tahlil qilib, xavfli ob-havo hodisalari yuz berişi ehtimoli bölgan hududlarni aniqlaydi. Şu tariqa, aholini xavf haqida tört soat oldin ogohlantiriş mumkin böladi.
Xitoy Meteorologiya boşqarmasi maʼlumotlariga köra, yangi texnologiyalar sunʼiy yöldoş monitoringi hamda tayfunlar va boşqa xavfli tabiiy hodisalar haqida erta ogohlantiriş tizimining samaradorligini oşiradi.
"Fenyun" sunʼiy yöldoşlari Xitoyning milliy meteorologik kuzatuv tizimi tarkibiga kiradi. Hozirda uşbu turkumdagi 10 ta apparat orbitada faoliyat yuritmoqda. Ularning maʼlumotlaridan 141 ta mamlakat va hudud foydalanişi mumkin.